Rishi Sunak Isroilga keldi

Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Tel-Avivga kelib qo‘ndi. U bu yerda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va prezident Ishoq Gersog bilan uchrashmoqchi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri matbuot xizmati xabar berishicha, Sunak Isroil rasmiylari bilan G‘azo sektori uchun insonparvarlik yordami yetkazib berish va anklav aholisini xavfsiz hududga ko‘chirish masalalarini muhokama qilmoqchi.
Britanlar bosh vaziri Tel-Aviv aeroportida o‘zini qarshi olgan jurnalistlar qarshisida HAMASning Isroilga 7 oktyabr kuni uyushtirgan hujumini «qo‘rqinchli» terakt deb atagan.
U Buyuk Britaniya Isroilni qo‘llashini tasdiqlagan.
«Men bosh vazir va prezident bilan uchrashuvlarni intiqlik bilan kutmoqdaman, ular samarali bo‘lishiga umid qilaman», — degan Sunak.
Britanlar bosh vaziri Tel-Avivga mahalliy vaqt bilan soat 09:00 atrofida kelib qo‘ndi. U 18 oktyabr kuni kechqurun Kiprga uchgandi, u yerdan Isroilga yo‘l olgan.
Sunak endi yaqin soatlar ichida Isroil rahbarlari bilan uchrashish uchun Quddusga (Iyerusalim) yo‘l oladi.
18 oktyabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilga tashrif buyurgandi. Yaqin vaqtlar ichida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

13:43 / 15.04.2025
Isroil Germaniya TIVni HAMAS jangchilarini rag‘batlantirishda aybladi

08:45 / 15.04.2025
TSAHAL G‘azodagi operatsiya strategiyasini radikal o‘zgartirdi

08:11 / 14.04.2025
Isroil armiyasi G‘azoda 1,2 kmlik tunnelni yo‘q qildi

19:47 / 13.04.2025