Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada urushda qatnashishdan bosh tortgan migrantlarni fuqarolikdan mahrum qilish taklif etildi
Ular harbiy burchni bajarishga tayyor bo‘lishi kerakligi aytilmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin migrantlar Ukrainadagi urushda ishtirok etishdan bosh torsa, ularni Rossiya fuqaroligidan mahrum etishga chaqirdi.
«Maxsus harbiy operatsiya» davom etayotgan bir paytda, menimcha, ularni (migrantlarni) maxsus harbiy operatsiyaga jalb qilish zarur. Agar ular Rossiya fuqarosi sifatida harbiy burchni bajarishga tayyor bo‘lmasa, bunday shaxsni fuqarolikdan mahrum etish to‘g‘risida qaror qabul qilish kerak», dedi u.
Shuningdek, Bastrikinning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya hududiga kirganidan boshlab, migrantlarga Rossiya operatorlari SIM-kartasini olish va undan Davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet ochishni majburiy qilish» kerak.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025