Jahon | 14:42 / 19.10.2023
22058
6 daqiqa o‘qiladi

Zaporijjya va Odessaga zarba oqibatlari, frontdan qaytayotgan jasadlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 602-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Zaporijjyada raketa besh qavatli turar joy binosiga kelib urildi. Besh kishi halok bo‘lgan. Volodimir Zelenskiy zarbani «Rossiya terrori» ko‘rinishi deb atadi. RF mudofaa vazirligi zarbani izohlamagan.
  • The New York Times AQSh Ukrainaga uzoq masofaga harakatlanuvchi ATACMS raketalaridan atigi 20 ta berganini xabar qildi. Vladimir Putin Ukrainaga bunday raketalar yuborilishini «Qo‘shma Shtatlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan navbatdagi xato» deb atadi.
  • Davlat dumasi yadro sinovlarini taqiqlash haqidagi kelishuvdan bosh tortish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
  • Moskva sharqida raketa zavodi ochildi — turar joylardan 500 metr masofada.
  • Financial Times nashri G‘arb davlatlari Isroilning harbiy harakatlarini ma’qullashi Moskvani yakkalab qo‘yish uchun qilingan sa’y-harakatlarni yo‘qqa chiqargani haqida yozdi.
  • RF mudofaa vazirligi tunda 28 ta dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. Harbiy idora tarqatgan xabarda aytilishicha, uchuvchisiz uchish apparatlari Belgorod va Kursk oblastlari, shuningdek, Qora dengiz akvatoriyasi hududida havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan to‘xtatilgan.
  • Putin «Kinjal» kompleksi bilan jihozlangan Mig-31 samolyoti Qora dengiz ustidagi betaraf hududda navbatchilik qilishini ma’lum qildi.

Kunning asosiy voqeasi. Zaporijjyadagi uyga zarba

Rossiya qo‘shini 18 oktyabr kuni Zaporijjyaga raketa zarbalari yo‘lladi. Shahar kengashi kotibi Anatoliy Kurtevning xabar berishicha, raketalardan biri besh qavatli turar joy binosining ikki pod’yezdini vayron qilgan. Besh kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi yaralangan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Zaporijjyadagi turar joyga yo‘llangan zarbani «Rossiya terrori» namoyishi deb atadi va «Rossiya terrori mag‘lub etilishi lozimligi»ni qayd etdi.

Raketa kelib tushgan joyda ishlayotgan Ukraina qutqaruv xizmatlari xodimlari
Dmitry Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Turar joy binosiga raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan kishi jasadi yonidagi huquq-tartibot organlari xodimlari
Dmitry Smolienko / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjyaga hujum oqibatida Avliyo Pokrovskiy kafedral sobori ham shikastlangan. Ibodatxonada derazalar sinib ketgan, eshik singan va ichki bezaklar vayron bo‘lgan
Andriy Andriyenko / AFP / Scanpix / LETA
Deraza parchalarini tozalayotgan ruhoniy
Andriy Andriyenko / AFP / Scanpix / LETA

Front chizig‘ida Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi jangchilari 

Rossiya Markaziy harbiy okrug zenit-raketa divizioni harbiylari pozitsiyada
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi front chizig‘idan olib kelingan ukrain harbiylari jasadlari

Donetsk oblastidagi front chizig‘ida quroldoshlarining jasadlarini mashinaga yuklayotgan ukrain harbiylari. Jasadlar evakuatsiyasi bilan Ukraina qurolli kuchlarining «Qalqonda» gumanitar missiyasi shug‘ullanadi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Zenik qurbonlarning jasadlarini olib kelmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Mashinadan jasadlar tushirilishi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastida halok bo‘lgan ukrainalik harbiyning shikastlangan kaskasi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari

17 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Shahed-136/131 tipidagi dronlar bilan Ukrainaga hujum qildi. Ukraina qurolli kuchlari Havo kuchlariga ko‘ra, barcha dronlar yo‘q qilingan. Ukraina QK «Janub» operativ qo‘mondonligi dronlardan birining parchalari Odessadagi yaxta klubi hududiga tushganini ma’lum qilgan. Parus sporti maktabi va angar hududi vayron bo‘lgan, xususiy kater va yaxtalar shikastlangan. Odamlar orasida jabrlanganlar yo‘qligi xabar qilingan.

Odessada urib tushirilgan dron parchalari vayron qilgan yelkanli sport maktabi
Ihor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Yelkanli sport maktabiga tegishli angardagi holat
Nina Liashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Rossiyaning urib tushirilgan droni hosil qilgan krater
Nina Liashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Kiyev. Rossiya asirligidagi ayolni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan aksiya 

Miting tashkilotchilari Kiyevdagi Mustaqillik maydonida «Rossiya qamoqxonalari eshiklarini oching. Ukrain ayollarini ozod eting» yozuvi aks etgan plakatni namoyish etishdi.
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA

Vladimir Putin Xitoydagi forumda

17-18 oktyabr kunlari Vladimir Putin Xitoyda bo‘ldi. Bu uning 2023 yil martida Xalqaro jinoyat sudi RF prezidentini hibsga olishga order berganidan buyon ikkinchi bor xorijga chiqishi bo‘ldi. Pekinda u «Bir kamar — bir yo‘l» forumida ishtirok etdi. Bu XXRning Yevrosiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi va infratuzilmalarini rivojlantirish bo‘yicha tashabbusi hisoblanadi. Putin forumda chiqish qildi, Si Jinping, shuningdek Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Andres Martinez Casares / EPA / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid