G‘azodagi uylarning qariyb 30 foizi vayron bo‘ldi yoki yashashga yaroqsiz holga keldi - BMT
G‘azo sektori 10 kundan buyon elektr energiyasidan butunlay uzilgan, kasalxonalar bemorlarga to‘lib ketgan. 7 oktyabrdan buyon berilayotgan aviazarbalar oqibatida sektordagi uylarning qariyb 30 foizi vayron bo‘lgan yoki yashashga yaroqsiz holga kelgan.
Isroil G‘azoga aviazarbalar berishda davom etmoqda. Natijada yuzlab insonlar ochiq osmon ostidagi qopqonda qolgan. Bu haqda BMT boshqarmasi hisobotida gap boradi.
“Asosiy qismi Falastin fuqarolik mudofaasidan iborat qutqaruv guruhlari yoqilg‘i va texnikalar yetishmasligi, aloqaning cheklangan sharoitlarida, shuningdek doimiy aviazarbalar ostida bor kuchi bilan o‘z vazifasini bajarishga harakat qilmoqda.
Ba’zi kasalxona binolari butunlay yo‘qolib ketish arafasida, ba’zilari jarohatlanganlar bilan to‘lib ketgan. Bunday holatda 9 ming atrofidagi saratonga chalingan kasallar yagona kimyoviy davolash imkoniyati mavjud kasalxonada yetarlicha davolana olmayapti”, — deyiladi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Humanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabarida.
G‘azo sektori 10 kundan buyon elektr energiyasidan butunlay uzilgan.
BMT boshqarmasining G‘azo uy-qurilish vazirligiga tayanib ma’lum qilishicha, 7 oktyabrdan buyon sektordagi uylarning qariyb 30 foizi vayron bo‘lgan yoki yashashga yaroqsiz holga kelgan.
Mavzuga oid
19:34 / 25.11.2024
OAV: Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
16:57 / 25.11.2024
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
15:51 / 25.11.2024
Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma yuz berdi
09:56 / 25.11.2024