Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Darya Dugina va Vladlen Tatarskiyning o‘ldirilishi Ukraina tomonidan rejalashtirilgan - OAV
Bu operatsiyalarni o‘tkazishda Ukraina razvedka xizmatlariga AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) yordam bergani aytilmoqda.
Rossiyalik faylasuf Aleksandr Duginning qizi Darya va «harbiy muxbir» Vladlen Tatarskiyning o‘ldirilishi Ukraina Xavfsizlik Xizmati (UXX) tomonidan rejalashtirilgan, deb yozdi The Washington Post (WP) o‘z manbalari, shuningdek, G‘arb va Amerika rasmiylariga tayanib.
Nashrning ta’kidlashicha, Darya Dugina o‘lgan operatsiyadan maqsad uning otasi Aleksandr Dugin bo‘lgan. U faylasuf va konservativ publitsist, «Rus dunyosi» va neoyevrosiyo mafkurasining targ‘ibotchilaridan biri sifatida tanilgan. U Rossiyaning qo‘shni davlatlar ustidan hukmronlik qilishi kerakligi, AQSh va NATO ta’siriga qarshi turishi lozimligi haqidagi g‘oyalar tarafdori hisoblanadi. Dugin ko‘p yillar davomida Moskvani jahon sahnasida yanada tajovuzkor bo‘lishga chaqirib kelgan. G‘arb ommaviy axborot vositalari uni zamonaviy Rossiyaning asosiy mafkurachilaridan biri, unga Vladimir Putin, Kreml rasmiylari va ko‘plab amaldorlar quloq soladi deb hisoblaydi.
Qayd qilinishicha, Aleksandr Dugin boshqarishi kerak bo‘lgan mashinaga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani Ukraina fuqarosi Natalya Vovk mushuk tashuvchi moslamada olib kelgan. Keyinchalik, Rossiya xavfsizlik kuchlari aynan Vovkni qotillikda ayblagan edi.
Urushning 20 oyi davomida UXX va Ukraina bosh razvedka boshqarmasi «o‘nlab» shunga o‘xshash operatsiyalarni o‘tkazdi. Ular orasida Ukrainaning bosib olingan hududlarida bosqinchilar bilan hamkorlik qilganlar va Rossiya tomonidan tayinlangan amaldorlarni yo‘q qilishga urinishlar ham bor.
Nashrning takidlashicha, bu operatsiyalarni o‘tkazishda Ukraina razvedka xizmatlariga AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) yordam bergan. WP xabariga ko‘ra, MRB bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan.
Avvalroq Ukraina rasmiylari Darya Dugina o‘limiga aloqasi yo‘qligini bildirgan edi. Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ta’kidlaganidek, «Ukraina, albatta, bunga hech qanday aloqasi yo‘q, chunki biz Rossiya kabi jinoiy davlat emasmiz va albatta, terrorchi davlat emasmiz».
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025