Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarkiv oblastida pochta terminaliga zarba va ustaxonadagi harbiy texnikalar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 606-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Xarkiv oblasti Korotich qishlog‘idagi «Novaya pochta» terminaliga raketa zarbasi yo‘lladi. Kompaniyaning olti xodimi halok bo‘lib, yana 16 kishi yaralangan.
- RF harbiylari Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum qildi. Ukraina QK bitta X-59 raketasi va uch dron urib tushirilganini ma’lum qilgan. Donetsk oblasti Konstantinovka shahridagi obektlar zarba ostida qolgan.
- Britaniya razvedkasi 2022 yil 24 fevraldan buyon halok bo‘lgan va yaralangan rossiyaliklar sonini 150-190 ming kishiga baholadi — yoki, agar yengil jarohat olib, sog‘ayganidan keyin yana frontga qaytganlar qo‘shib hisoblansa 240-290 ming kishi. Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Avdiyivka hududidagi Ukraina qurolli kuchlari pozitsiyalariga muvaffaqiyatsiz hujumlar tufayli rus qo‘shinlarida jonli kuch sarflanishi darajasi 90 foizga oshgan.
Korotich qishlog‘i o‘qqa tutilishi oqibatlari
22 oktyabr kuni Rossiya qo‘shini Xarkivdan 15 kilometr masofadagi Korotich qishlog‘ini o‘qqa tutdi. «Novaya pochta» terminali binosi zarbaga uchragan: 300 kvadrat metr maydon yong‘in ichida qolgan. Terminal qariyb butkul vayron bo‘lgan, yuk avtomobillari shikastlangan.
Xarkiv oblasti prokuraturasiga ko‘ra, zarba oqibatida tinch aholi vakillari bo‘lgan olti kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralangan. Jabrlanganlarning barchasi — pochta terminali xodimlari. «Novaya pochta» ularda trevoga signali portlashdan bir necha soniya oldin yangragani va xodimlarda «boshpanalarga yetib borish imkoni bo‘lmagani»ni ma’lum qilgan.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press
Rossiya armiyasi harbiy texnikalari ta’mirlanishi
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Lvivda qochqinlar uchun mobil uylar
Lvivdagi kvartallardan birida Polsha hukumati va Varshava texnologiya universiteti hamkorligida Ukrainaning harbiy harakatlar davom etayotgan hududlaridan kelgan qochqinlar uchun modul turar joy posyolkasi barpo etilgan. Posyolkada 3500 ga yaqin kishi yashashi mumkin.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025