Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy sudga borishdan bosh tortgach, kameradan majburan olib chiqildi
Aleksey Navalniy yozish uchun mo‘ljallangan materiallaridan mahrum qilinganiga norozilik bildirib, kamerasini tark etishdan bosh tortdi, dedi siyosatchining tarafdori Ivan Jdanov.
Qamoqdagi muxolifatchi Aleksey Navalniy o‘z kamerasini tark etishdan va Melexovodagi 6-sonli axloq tuzatish koloniyasiga qarshi da’vosi bo‘yicha tergov harakatlariga borishdan bosh tortdi. Siyosatchining tarafdori, FBK direktori Ivan Jdanovning 23 oktyabr, dushanba kuni tushuntirishicha, Navalniy shu tariqa barcha yozma materiallardan mahrum bo‘lganiga norozilik bildirmoqchi bo‘lgan. Natijada «dubulg‘ada bo‘lgan xavfsizlik kuchlari Navalniyning kamerasiga kirib, kuch ishlatib, uni tergovchi oldiga sudrab ketdi», — deyiladi Jdanovning Telegram’dagi postida.
Navalniyning o‘zi saqlanayotgan koloniya ma’muriyatiga qarshi da’vosi Vladimir viloyati Kovrov shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Avvalroq siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish 23 oktyabr kuni Navalniy sud majlisida bo‘lmaganini, garchi u odatda «Kovrov sudlarida video-aloqa orqali ishtirok etib kelganini» aytgan edi. Sud majlisi 2 noyabrga qoldirildi.
Navalniyning uch advokati hibsga olindi
13 oktyabr kuni Moskvaning Basmanniy tuman sudi Aleksey Navalniyning uch advokati - Igor Sergunin, Vadim Kobzev va Aleksey Lipserni ikki oyga hibsga oldi. Ekstremistik hamjamiyatda ishtirok etganlik ishi bo‘yicha ular olti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Navalniyning tarafdorlari advokatlarga qo‘yilgan ayblovlar rasmiylarning muxolifatchini yakkalatib qo‘yish istagi bilan bog‘liq, degan fikrda.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025