«Hizbulloh», HAMAS va «Islomiy jihod» yetakchilari Bayrutda uchrashdi – OAV
Uchrashuvda, xususan, G‘azo sektorida «haqiqiy g‘alabaga erishish uchun» nima qilish kerakligi muhokama etilgan.
Livanning «Hizbulloh» guruhi yetakchisi Hasan Nasrulloh Bayrutda Falastinning HAMAS va «Islomiy jihod» guruhlari yetakchilari bilan uchrashdi. Bu haqda Livanning «Al-Manar» telekanaliga tayanib Reuters xabar berdi. Uchrashuvning aniq sanasi noma’lum.
Muzokaralarda «Hizbulloh» yetakchisidan tashqari, HAMAS rahbari o‘rinbosari Solih al-Auriy va «Islomiy jihod» yetakchisi Ziyod an-Nahala ham ishtirok etgan. Telekanalning xabar berishicha, uchrashuvda, xususan, G‘azo sektorida «haqiqiy g‘alabaga erishish uchun» nima qilish kerakligi muhokama etilgan.
«Xalqaro maydondagi pozitsiyalar va tomonlarning G‘azo va Falastindagi qarshilikning haqiqiy g‘alabasiga erishish va shafqatsiz tajovuzni to‘xtatish uchun nima qilishi kerakligi baholandi. Muvofiqlashtirishni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi», deyiladi «Al-Manar» xabarida.
«Tomonlar» deganda Eron alyansi, Falastin guruhlari, Suriya, «Hizbulloh» va boshqa guruhlarning ittifoqi nazarda tutiladi, deb ta’kidladi Reuters.
7 oktyabrdan beri Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida ziddiyat davom etmoqda. Har ikkala tomon ko‘p minglab odamlar qurbon bo‘lganini ta’kidlayapti.
Mavzuga oid
19:41 / 11.10.2024
Eron Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazidagi boshqa neft obektlariga hujum uyushtirish bilan tahdid qildi
17:26 / 11.10.2024
AQSh Livanni G‘azoga aylantirmaslikni talab qildi
11:13 / 11.10.2024
Isroil G‘azodagi maktab binosiga zarba berdi
10:46 / 11.10.2024