Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada tarix darsligida xalqlar deportatsiyasi haqidagi paragraf qayta yozib chiqildi
Tarix darsligi matnining yangi tahririda Stalinning SSSR xalqlarini deportatsiyasi haqidagi paragrafda chechenlar va ingushlar haqidagi eslatma yo‘qoldi.
Sobiq madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy va MGIMO rektori Anatoliy Torkunov mualliflik qilgan yangi Rossiya tarixi darsligiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda 23 oktyabr kuni RBK xabar berdi. Darslik yaratuvchilari Stalinning SSSR xalqlarini deportatsiyasi haqidagi paragrafni qayta yozib chiqqan.
Darslik matnini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror Rossiya Ta’lim vazirligi tomonidan 24 sentabr kuni qorachay xalqlari qurultoyining parlament har ikki palatasi rahbariyatiga 10-sinf uchun rus tarixi darsligining ushbu nashrini olib qo‘yishni talab etgan murojaatidan so‘ng qabul qilindi.
Qorachay-Cherkesiya, shuningdek, Shimoliy Kavkazning boshqa bir qator respublikalari vakillari darslik asl nashrida Stalinning deportatsiyasi haqidagi paragrafda qorachaylar, qalmiqlar, chechenlar, ingushlar, bolqarlar va qrim tatarlarining «okkupantlar bilan hamkorligi faktlari» haqida yozilgan jumlalardan g‘azablangan. Ta’kidlanishicha, nafaqat dushman sheriklari, balki «keyinchalik ko‘p qayg‘u va qiyinchiliklarni boshdan kechirishga majbur bo‘lgan ko‘plab begunoh odamlar» ham qatag‘on qilingan.
Darslikning yangi nashrida aniq xalqlar ro‘yxati yo‘qoldi. «12 xalq majburan ko‘chirildi, nafaqat o‘z ona yurtidan, balki aksariyati ega bo‘lgan milliy-hududiy muxtoriyatlardan ham mahrum qilindi», — deyiladi yangi matnda.
Majburiy ko‘chirish - Rossiya tarixidagi eng dramatik sahifalardan biri
Rossiya Ta’lim vazirligi darslikning oldingi versiyasi davlat ta’lim standartiga to‘liq mos kelishini ta’kidladi. Departament tuzatishlar kiritish qarorini xalqlarning majburiy ko‘chirilishi tarixi «yaqin milliy tarixning eng dramatik sahifalaridan biri» ekani bilan asosladi.
O‘zgartirilgan matnli yangi nashr rus maktablarida keyingi o‘quv yilidan oldin paydo bo‘ladi.
Medinskiy va Torkunovning Rossiya tarixi bo‘yicha 10-11-sinflar uchun darsliklari 2022 yil avgust oyida taqdim etilgan. Mualliflar 1970-2000 yillardagi bo‘limlarni butunlay qayta yozdi, shuningdek, Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya» va Qrimning anneksiyasi bo‘yicha bo‘limni qo‘shdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025