Toshkentda noxushlik yuz bergan lift nosoz bo‘lgani aniqlandi
Shuningdek, lift belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan va foydalanishga qabul qilinmagan.
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasidagi 253-uy lifti bilan bog‘liq noxush voqea Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, hokimlik hamda mazkur ko‘pqavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi «Uyut komfort kommunal» boshqaruv servis kompaniyasi vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.
Qayd qilinishicha, lift belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani va foydalanishga qabul qilinmagani aniqlangan. Shuningdek, liftda tegishli tartibda davriy sinov ishlari amalga oshirilmagan. Mazkur liftga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tashkilot bilan shartnoma tuzilmagan hamda liftni soz holatda saqlash, uni bexatar ishlatish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanmagan.
2020 yilda ishlab chiqarilgan, ko‘tarish og‘irligi 1000 kg bo‘lgan lift qurilmasiga belgilangan tartibda texnik xizmat ko‘rsatilmagani sababli shaxta kabinasi eshiklarining kontaktlari bo‘shab qolgan. Harakatlanayotgan vaqtda kimdir liftning tashqi eshiklarini qo‘li yordamida ochishga uringan. Oqibatda, xavfsizlik moslamasi ishga tushgan va lift o‘zini-o‘zi to‘xtatishni boshlagan.
O‘rganish davomida lift tushib ketmagani, aksincha tegishli xavfsizlik qurilmasi ishga tushgan holda to‘xtagani aniqlangan. Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan liftdagi kamchiliklarni bartaraf etish va voqea tafsilotlarini chuqur o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Hodisadan hech kim jabrlanmagan.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024
Toshkentning ikkita ko‘chasida harakat 19 kunga cheklanadi
17:26 / 21.11.2024
Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi
15:44 / 21.11.2024