Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi qochqinlar soni rekord darajada oshdi - BMT
Ukraina, Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi va Myanmadagi mojarolar, shuningdek, Somalidagi qurg‘oqchilik va suv toshqinlari hamda Afg‘onistonda davom etayotgan gumanitar inqiroz qochqinlar ko‘payishining asosiy omili bo‘lgan.
2023 yil boshidan (sentabr oyi oxirigacha) butun dunyo bo‘ylab 114 milliondan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, bu «xalqaro hamjamiyat mojarolarni hal eta olmaganini ko‘rsatuvchi yangi rekorddir», deyiladi BMT qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNHCR) hisobotida.
Qochqinlar soni oshishining asosiy omillari sifatida Ukraina, Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi va Myanmadagi mojarolar, shuningdek, Somalidagi qurg‘oqchilik va suv toshqinlari hamda Afg‘onistonda davom etayotgan gumanitar inqiroz ko‘rsatilgan.
«Hozir dunyoning diqqat markazi G‘azo sektoridagi gumanitar falokatga qaratilgan. Ammo butun dunyo bo‘ylab juda ko‘p mojarolar tarqalmoqda yoki avj olmoqda, beayb odamlar o‘lmoqda yoki o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda», dedi BMT qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat mojarolarni bartaraf eta olmagani yoki yangilarining oldini ololmagani «qochqinlar sonining ortishi va azob-uqubatga duchor bo‘lishiga olib keladi».
Hisobotda, shuningdek, mamlakat ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar qochqinlarning 57 foizini tashkil etishi aytilgan. Shu bilan birga, chet elga qochib o‘tganlarning aksariyati (75 foizi) past va o‘rta daromadli mamlakatlar tomonidan qabul qilingan. 2023 yilning dastlabki 6 oyida dunyo bo‘ylab 1,6 million shaxs boshpana so‘rab murojaat qilgan, bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025