Isroil G‘azoda harbiy amaliyotning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qildi
Mamlakat armiyasi G‘azo sektorida «yer usti va ostiga» zarba berdi.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant G‘azoda harbiy amaliyotlarning yangi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Haaretz nashri xabar berdi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, harbiy amaliyotlar yangi buyruq olinmaguncha davom etadi.
«Biz yer usti va ostiga zarba berdik, barcha darajada va hamma joyda terrorchilarga hujum qildik», dedi Gallant. Shuningdek, u falastinliklarni G‘azo sektori shimolini tark etishga chaqirdi.
Shu bilan birga, Isroil armiyasi vakili Daniel Hagariy bu so‘zlarni mohiyatan tasdiqladi.
«Isroilning G‘azo sektori shimolidagi yangi hujumi HAMAS harakatiga qarshi urush bosqichida oldinga siljishni anglatadi», dedi u.
27 oktyabr kuni Jerusalem Post gazetasi Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida quruqlikdagi navbatdagi reydni o‘tkazganini xabar qildi. Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azo sektoriga havodan zarba berdi va bu ziddiyat boshlanganidan beri eng kuchli o‘qqa tutish bo‘lgani aytildi.
Mavzuga oid
19:07 / 28.11.2024
“Isroilning shartlari asosidagi sulh” - ekspertlar Livandagi otashkesim haqida
15:25 / 27.11.2024
«Tinch aholi uyini bombalash g‘alaba deyilmaydi» – oyatulloh Netanyahuni qatl etishga chaqirdi
07:31 / 27.11.2024
Isroil va «Hizbulloh» o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
21:41 / 26.11.2024