Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada olim davlatga xiyonat moddasi bo‘yicha 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Ayblovga ko‘ra, Gubanov davlat sirlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni xalqaro loyihadagi hamkorlarga bergan. Shu bilan birga, avvalroq uchta komissiya u yerda davlat siri yo‘qligini tasdiqlagan.
Moskva shahar sudi 66 yoshli olim Anatoliy Gubanovni davlatga xiyonatda aybdor deb topib, 12 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda 27 oktyabr, juma kuni «Mediazona» xabar berdi. Gubanovning o‘zi aybiga to‘liq iqror bo‘lib, barcha yengillashtiruvchi holatlarni qo‘llashni va unga nisbatan quyi chegaradan pastroq jazo tayinlashni so‘radi.
Anatoliy Gubanov Moskva yaqinida Jukovskiy nomidagi Markaziy Aerogidrodinamika institutining samolyot va raketalar aerodinamikasi kafedrasini boshqargan. Uning qo‘l ostidagi 70 yoshli Valeriy Golubkin iyun oyida 12 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qilingan, u ham davlatga xiyonatda aybdor deb topilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Gubanov Golubkinni gipertovushli yo‘lovchi laynerini yaratish bo‘yicha HEXAFLY-INT xalqaro loyihasi ustida ishlashga jalb qilgan. Ta’kidlanishicha, Markaziy Aerogidrodinamika instituti hamkorlariga taqdim etishga majbur bo‘lgan va Gubanovning ko‘rsatmasi bo‘yicha Golubkin Niderlandiyadan kelgan hamkasblariga topshirgan loyiha bo‘yicha ikkita hisobotda davlat sirlari mavjud. «Pervyy otdel» inson huquqlari portali o‘z Telegram-kanalida ta’kidlaganidek, uni yuborishdan oldin uchta komissiya u yerda hech qanday davlat siri yo‘qligini, hisobotlar chop etilishi va xorijiy hamkorlarga berilishi mumkinligini tasdiqlagan. Gubanov 2020 yil dekabrida ushlangan, bir necha oydan keyin Golubkin ham qo‘lga olingan.
2023 yilning 1 yanvaridan 31 iyuliga qadar Rossiyada davlatga xiyonat (Jinoyat kodeksining 275-moddasi), josuslik (Jinoyat kodeksining 276-moddasi) va maxfiy asosda hamkorlik qilish (Jinoyat kodeksining 275.1-moddasi) bo‘yicha kamida 82 jinoiy ish ochilgan. Bu haqda «Xolod» nashri ochiq manbalarda ushbu holatlar qayd etilganini sanab o‘tgan holda xabar berdi. Shu bilan birga, ishlarning haqiqiy soni bundan bir necha baravar ko‘p bo‘lishi mumkin, deya qayd etadi nashr.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025