Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ertagayoq ringga chiqqan bo‘lardim, butun O‘zbekiston bu jangni kutmoqda». Bahodir Jalolov Saudiyada Usik bilan uchrashdi
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan boks kechasida rasmiy mehmoni sifatida ishtirok etib, superog‘ir vazn toifasidagi WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi ukrainalik Oleksandr Usik bilan uchrashdi.
Bokschilar sport zalida o‘zaro ko‘rishib, yaqin kelajakda o‘zaro ringga chiqishlarini do‘stona «ko‘z urishtirish» orqali ma’lum qilgan.
«Butun O‘zbekiston bu jangni kutayotganini sezib turibman, agar hammasi faqat menga bog‘liq bo‘lganida ertagayoq ringga chiqqan bo‘lardim. Biz butun dunyoga haqiqiy klassik jangni namoyish etardik. Omad senga, chempion!», - deya yozadi Bahodir Jalolov tvitterdagi sahifasida.
I feel that, whole Uzbekistan is waiting for this fight and if it were up to me I would get into the ring tomorrow!
— Bakhodir Jalolov (@BakhodirJalolov) October 28, 2023
We could show the whole world a real classic boxing!
Good luck to you Champion @usykaa pic.twitter.com/LuONPck68K
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik 29 yoshli bokschi 27 avgust kuni nigeriyalik Onoryode Evariyemeni mag‘lub etib, professional boksdagi g‘alabali seriyasini 13 jangga yetkazdi. U barcha janglarida muddatidan avval g‘alaba qozongan.
Avvalroq, Jalolov promouter Bob Arumga (Top Rank) Oleksandr Usik yoki Joshua singari istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi
12:39 / 06.02.2025
Jalolovning Spilmondga qarshi jangi bekor bo‘ldi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
17:11 / 29.11.2024