G‘azodagi hukumat: Isroil 1500 dan ortiq odam boshpana topgan ikkita markazga zarba berish bilan tahdid qildi
Isroil armiyasi G‘azodagi pravoslav madaniyat markazi va yunon maktabiga zarba berish bilan tahdid qilgani aytiladi.
Isroil armiyasi 1500 dan ortiq odam boshpana topgan pravoslav madaniyat markazi va yunon maktabiga zarba berish bilan tahdid qildi.
Bu haqda G‘azodagi Falastin hukumatining matbuot xizmati Telegram’da xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1000 kishi Isroil hujumlari vaqtida pravoslav madaniyat markazida, 500 dan ortiq kishi yunon maktabida boshpana topgan.
Boshqa bir bayonotda Isroilning kasalxonalarni bombardimon qilish bilan bog‘liq to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdidlari oqibatlari va bu muassasalarni evakuatsiya qilish talablari haqida ogohlantirildi.
Bayonotda, Isroilning shifoxonalar atrofidagi hududlarni bombardimon qilishda davom etishi va ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum qilish tahdidi urush jinoyati ekani ta’kidlandi.
Mavzuga oid
19:41 / 11.10.2024
Eron Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazidagi boshqa neft obektlariga hujum uyushtirish bilan tahdid qildi
17:26 / 11.10.2024
AQSh Livanni G‘azoga aylantirmaslikni talab qildi
11:13 / 11.10.2024
Isroil G‘azodagi maktab binosiga zarba berdi
10:46 / 11.10.2024