Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus hukumati BelAES qurilishi kechikkani bois Rossiyadan tovon puli talab qildi
«Bunga Rossiya javobgardir», dedi mamlakat prezidenti.
Belarus hukumati BelAES ishga tushirilishi kechikkani sababli Rossiya oldiga tovon puli to‘lash masalasini qo‘ydi, dedi Aleksandr Lukashenko. Bu haqda «Kommersant» yozdi.
«Kelishuvga ko‘ra, biz ular (Rossiya) oldiga tovon to‘lash masalasini qo‘ydik. Buni yashirishning hojati yo‘q. Bunda g‘ayrioddiy narsa yo‘q edi. Ammo bu masala stansiyani foydalanishga topshirish muddati buzilgani uchun ko‘tarilgan va buning uchun Rossiya tomoni javobgardir», dedi Lukashenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Belarusga yadro yoqilg‘isini «o‘z stansiyalariga kabi» sotishni va besh yil muddatga kafolat berishni taklif qilgan.
Avvalroq Lukashenko Belarus atom elektr stansiyasi qurilishi yakunlangani va stansiya «to‘liq quvvatda» ishlayotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, stansiya xavfsizligi masalasi birinchi o‘rinda turadi.
BelAES 1,2 GVt quvvatga ega ikkita blokdan iborat. Loyiha qurilishining bir qismi 10 milliard dollarlik Rossiya hukumati krediti hisobidan qoplandi. «Rosatom» AES qurilishida bosh pudratchi bo‘ldi. Birinchi energiya bloki 2020 yilning noyabrida, ikkinchisi 2023 yil may oyida ishga tushirildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025