O‘zbekiston | 08:44 / 31.10.2023
4220
2 daqiqa o‘qiladi

Bryusselda «Yevropa-O‘zbekiston-2023» yillik ishbilarmonlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Tematik sessiyalarda ishtirokchilarga transport va energetika, moliya va xususiylashtirish, shuningdek, «yashil» iqtisodiyot sohalarida istiqbolli loyihalar taqdim etildi. 

Foto: Dunyo AA

27 oktyabr kuni Bryusselda Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) tomonidan mamlakatning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi ko‘magida «Yevropa-O‘zbekiston-2023» yillik ishbilarmonlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

120 dan ortiq, shuningdek, onlayn formatda 800 dan ziyod ishtirokchi qatnashgan ishbilarmonlik uchrashuvi O‘zbekiston, Yevropa Ittifoqi vakillari, kompaniyalar va investorlar o‘rtasida muloqot uchun ochiq maydon bo‘ldi.

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokchilarga onlayn formatda yo‘llagan tabrik nutqida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash tarafdori ekanini ta’kidladi.

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yutta Urpilaynen (onlayn) Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo dinamikasini o‘zgartirishda «O‘rta yo‘lak» transport salohiyatini qayd etdi.

Tematik sessiyalarda ishtirokchilarga transport va energetika, moliya va xususiylashtirish, shuningdek, «yashil» iqtisodiyot sohalarida istiqbolli loyihalar taqdim etildi. YeI bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim hamda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid