O‘zbekistonga dam olish uchun eng ko‘p Rossiya fuqarolari kelmoqda
Joriy yilning 9 oyi mobaynida 561 mingdan ortiq chet el fuqarosi dam olish maqsadida O‘zbekistonga keldi.

Foto: Kun.uz
2023 yilning yanvar-sentabr oylari davomida jami 561,1 ming nafar chet el fuqarosi dam olish maqsadida O‘zbekistonga keldi.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatga 9 oy mobaynida dam olish maqsadida kelgan fuqarolari eng ko‘p bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya yetakchi – 178,5 ming nafar.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 45,1 ming nafar;
- Qirg‘iziston – 27,9 ming nafar;
- Tojikiston – 27,6 ming nafar;
- Turkiya – 27,1 ming nafar;
- Xitoy – 24,3 ming nafar;
- Turkmaniston - 20,9 ming nafar;
- Hindiston – 19,1 ming nafar;
- Germaniya - 17,9 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 17,4 ming nafar.
Mavzuga oid

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

20:42 / 27.03.2025
Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi

11:06 / 27.03.2025
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 askar yubordi

09:00 / 27.03.2025