O‘zbekiston | 16:40 / 01.11.2023
15460
2 daqiqa o‘qiladi

Ipakchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Iqboljon Ergashev Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi sifatida ish boshladi. U bu lavozimda Bahrom Sharipov o‘rnini egalladi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Iqboljon Odiljonovich Ergashev prezident qaroriga asosan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Iqboljon Ergashev 1981 yil 26 mayda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetini hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.

2002−2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi viloyat boshqarmasida, 2010−2016 yillarda vazirlikning turli mas’ul lavozimlarida ishlagan.

2016 yildan 2021 yilgacha O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.

2021 yil mayidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlayotgandi.

  • Ma’lumot uchun, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga 2022 yil oktyabridan Bahrom Sharipov rahbarlik qilib kelgandi. U qator tanqidiy chiqishlar ortidan 2023 yil avgust oyi o‘rtalarida lavozimidan ozod etildi.  

Mavzuga oid