Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekiston orqali transport koridorini yaratish bo‘yicha ikkita memorandum imzoladi
Memorandumni imzolash marosimi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlarining birinchi transport forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
1 noyabr kuni Rossiya Transport vazirligi ikkita transport koridorini yaratishni nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi.
Birinchisi: Belarus-Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston.
Ikkinchisi: Rossiya-Kaspiy dengizi-Turkmaniston-O‘zbekiston-Qirg‘iziston.
Hujjatlarni imzolash marosimi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlarining birinchi transport forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq O‘zbekiston rasmiylari respublika mamlakatlarning transport-tranzit salohiyatini oshirish va yangi bozorlarga chiqish maqsadida Rossiya ishtirokida yangi xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirishdan manfaatdor ekanini bir necha bor ta’kidlagan edi.
Toshkentda ShHT davlatlari birinchi Transport forumi o‘tkazilmoqda, unda ishtirokchilar tashkilot hududida infratuzilmani rivojlantirish va transport-logistika yo‘laklarini yaratish masalalarini muhokama qilmoqda. Yig‘ilishda ShHT davlatlari transport departamentlari, shuningdek, 15 davlatdan 60 dan ortiq yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etyapti.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025