Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 2 noyabr kuni bir nechta ko‘chada avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
Shaharning Ibn Sino, Ro‘dakiy, Bo‘stonsaroy, Motrid, Sadriddin Ayniy, Shohi Zinda, Universitet xiyoboni, Registon, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarida, shuningdek, M-39 va M-37 xalqaro avtomobil yo‘llarining Samarqand shahar, Samarqand, Oqdaryo va Payariq tumanlari hududidan o‘tgan qismlarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Samarqand viloyatida ertaga, 2 noyabr kuni qator siyosiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida shu kuni Samarqand shahrining Ibn Sino, Ro‘dakiy, Bo‘stonsaroy, Motrid, Sadriddin Ayniy, Shohi Zinda, Universitet xiyoboni, Registon, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarida, shuningdek, M-39 va M-37 xalqaro avtomobil yo‘llarining Samarqand shahar, Samarqand, Oqdaryo va Payariq tumanlari hududidan o‘tgan qismlarida avtotransport vositalari harakati cheklanadi, deb xabar bermoqda Samarqand shahar hokimligi.
Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda bemorlar va shoshilinch tez tibbiy yordamga zarurati bor fuqarolar hamda FVB xodimlariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.
Hokimlik Samarqand shahriga respublikaning boshqa hududlaridan, shuningdek, viloyatning shahar-tumanlaridan kelmoqchi bo‘layotgan fuqarolarga 2 noyabr kuniga belgilangan rejalarini boshqa kunga ko‘chirishlarini tavsiya etgan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025