Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida dolzarb mavzularda konferensiya va seminar o‘tkazdi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Urganch shahrida “Mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy muammolari: tajriba, tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Konferensiyada xorijiy mamlakatlar, respublika universitetlari va institutlarining 65 dan ortiq vakillari, mahalliy boshqaruv organlari va idoralar, shuningdek, xususiy sektor vakillari ishtirok etdi. Tadbirda xalqaro standartlarga va tashqi bozorlarda talabga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yaratish maqsadida milliy iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiya ishtirokchilari respublikada raqobat muhitini hamda investitsiyaviy jozibadorlikni yaratish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning innovatsion va eksport faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida muayyan preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi institutsional islohotlar to‘g‘risida bayon qildi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar jarayonida iqtisodiyotni markazdan boshqarish darajasidan hududiy va tarmoq darajasida boshqarishga bosqichma-bosqich o‘tkazish, hududlarda tegishli dasturlarni amalga oshirish, hududiy organlar huquqlarini kengaytirish, ularning maqom va mas’uliyatini oshirish birinchi navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.
Bundan tashqari, markaz tomonidan Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda Urganch shahrida tashkil etilgan “Mintaqaviy laboratoriya”ning taqdimoti o‘tkazildi.
Shu bilan birgalikda TDIU vakillari Nukus shahrida ham “Ready 4 Trade Central Asia” loyihasi doirasida kichik biznes vakillari uchun trening tashkil qildi.
Unda universitet huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Trening orqali tadbirkorlar xalqaro savdo qoidalari, eksport tartib-qoidalari, tranzit yo‘llari, sifat va muvofiqlik standartlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bozorining o‘ziga xos talablari bilan tanishib, malaka oshirdi.
E’tirof etish joizki, trening dasturi Jahon Savdo Tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo‘shma agentligi bo‘lgan Xalqaro savdo markazi tomonidan ishlab chiqilgan. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi eksportchilarning o‘ziga xos muammolariga qaratilgan.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:51 / 07.11.2023
TDIUda 8-9 noyabr kungi darslar bekor qilindi
10:50 / 27.08.2023
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti - O‘zbekistondagi ilk 5 yulduzli oliy ta’lim muassasasiga aylandi
10:52 / 15.08.2023
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xorijda tahsil olgan yoki malaka oshirgan mutaxassislarni ishga taklif etadi
13:00 / 26.07.2023