Jamiyat | 15:51 / 07.11.2023
28914
1 daqiqa o‘qiladi

TDIUda 8-9 noyabr kungi darslar bekor qilindi

8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi va shu sabab qatnovda noqulaylik tug‘dirmaslik uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida darslar boshqa kunga ko‘chiriladi.

Foto: Kun.uz

8-9 noyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi, deb xabar berildi oliygoh rasmiy sahifasida. Ma’lum qilinishicha, 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti bo‘lib o‘tishi sababli universitet atrofidagi ba’zi ko‘chalar yopiladi.

Shu kunlari talabalar va professor-o‘qituvchilarning universitetga qatnovida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olish uchun oliygohning barcha xodimlari va professor-o‘qituvchilari masofaviy (onlayn) ish rejimiga o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, talabalar turar joylarida yashovchi talabalar o‘z joyida qoladi. 8-9-noyabr kunlaridagi darslar 10-17-noyabr oralig‘ida professor-o‘qituvchilarning dars jadvaliga moslashtiriladi.

Ma’lumot uchun, 8-9 noyabr kunlari o‘tadigan sammit munosabati bilan poytaxtdagi bir nechta markaziy ko‘chalar yopilishi va bir qancha avtobus yo‘nalishlari ham o‘zgartirilishi haqida xabar qilingandi. 

Mavzuga oid