Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro aeroportida kutib olish hududi ochildi
Umumiy maydoni 500 kv.m bo‘lgan pavilyon xalqaro aeroportning uchib kelish zali yonidagi P2 avtoturargohida joylashgan.
Toshkent aeroportining uchib kelish hududida kutib oluvchilar uchun pavilyon qurilishi yakunlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
2 noyabr kuni kutish zali ochildi. Umumiy maydoni 500 kv.m bo‘lgan pavilyon xalqaro aeroportning uchib kelish zali yonidagi P2 avtoturargohida joylashgan. Ushbu pavilyonda kutib oluvchilar uchun o‘rindiqlar mavjud bo‘lib, yaqin kunlarda kafe va gul do‘koni ochiladi hamda savdo avtomatlari, bankomatlar, mobil qurilmalar uchun zaryadlash punktlari o‘rnatilishi aytilmoqda.
Qayd qilinishicha, pavilyon vaqtinchalik yechim hisoblanadi. Ayni paytda mavjud terminalni kengaytirish loyihasini ishlab chiqish yakuniy bosqichda bo‘lib, u yerda kutib oluvchi va kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi.




Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025