O‘zbekiston | 00:15 / 02.11.2023
6779
2 daqiqa o‘qiladi

Turkish Airlines tizimdagi nosozlik tufayli O‘zbekistonga bir qancha reyslarni bekor qildi

Yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va chiptalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolar yirik aviakompaniya ishini to‘xtatib qo‘ydi.

Foto: Anadolu

Turkish Airlines infratuzilmasida, jumladan, chiptalarni sotish va band qilish tizimida nosozlik yuz berdi. Kompaniyaning ogohlantirishicha, veb-sayt, mobil ilova va ba’zi tarmoqlar ishida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Tizimdagi nosozliklar tufayli Turkish Airlines Istanbuldan bir qancha parvozlarni bekor qildi. Aviakompaniya barcha yo‘lovchilarga turar joy xarajatlari, to‘lovlarni qaytarish va boshqa «ehtimoliy harajatlarni» qoplashga va’da bermoqda, deb yozdi Anadolu agentligi. 

Tizimdagi nosozlik Istanbul aeroporti ish faoliyatida uzilishlarni yuzaga keltirgan, jumladan, yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va chiptalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lgan. Aeroportning onlayn bortiga ko‘ra, ichki reyslar ommaviy ravishda bekor qilinmoqda. Shuningdek, 1 noyabr oqshomida Turkish Airlines xalqaro reyslari, jumladan, Mumbay, Podgoritsa, Budapesht, Belgrad va Afinaga qatnovlari bekor qilgan.

Turkish Airlines tizimlari bilan bog‘liq muammolar boshqa mamlakatlarda ham qayd etilgan. 

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Turkish Airlines aviakompaniyasining 1-2 noyabr kunlariga mo‘ljallangan bir qancha reyslari bekor qilingan.

Jumladan, 1 noyabr kuni THY-4331 Toshkent – Istanbul, THY-370 Istanbul – Toshkent, THY-364 Istanbul – Toshkent, 2 noyabr kuni THY-371 Toshkent – Istanbul, THY-365 Toshkent – Istanbul reyslari bekor qilingan.

Mavzuga oid