Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8-10 noyabr kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tufayli ba’zi ko‘chalar yopiladi.
8-10 noyabr kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi, bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammiti o‘tkazilishi tufayli quyidagi ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi:
1. Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab, Bobur - Shota Rustaveli chorrahasigacha;
2. Nukus - Bobur chorrahasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab, Movarounnahr ko‘chasigacha;
3. Oybek - Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;
4. Islom Karimov - Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab, Amir Temur – Islom Karimov chorrahasigacha;
5. Sharof Rashidov - Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;
6. Navoiy - Mustaqillik chorrahasidan Navoiy – Labzak chorrahasigacha;
7. Furqat – Beshyog‘och chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov – Beshyog‘och chorrahasigacha;
8. Olmazor – Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha.
Harakatlanish cheklangan ko‘chalarda tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025