Jahon | 07:20 / 04.11.2023
7022
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston BMTning Kuba blokadasini to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh assambleyasi Kubaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Hujjatni 187 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi. 

Foto: Reuters

2 noyabr kuni BMT Bosh assambleyasi AQShni Kubaga nisbatan iqtisodiy, tijorat va moliyaviy sanksiyalarni bekor qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Hujjatni 187 davlat, jumladan O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi. Ikki davlat — AQSh va Isroil qarshi ovoz berdi, Ukraina betaraf qoldi.

BMT Bosh assambleyasi 31 yil ketma-ket blokadani bekor qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyalarni qabul qilib kelmoqda. 1992 yilda uni 59 davlat qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 2017 yilda — 191 ta, o‘tgan yili — 185 ta, bu yil esa — 187 ta davlat rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergan. 

Assambleyada so‘zga chiqqan delegatlar Kubaga qarshi embargoning noqonuniy ekanini ta’kidladi. Ular blokadaning Kuba xalqiga yetkazayotgan zarari, ularni asosiy daromad va asosiy ehtiyojlar, jumladan, dori vositalaridan mahrum qilishini bildirdi.

O‘zbekiston 1997 yilda rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan, 1998, 1999 va 2002 yillarda betaraf qolgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid