Jahon | 09:00 / 04.11.2023
7903
2 daqiqa o‘qiladi

Rinat Axmetovning kompaniyasi Rossiyaga qarshi Qrimdagi aktivlar bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi

Haagadagi arbitraj Rossiyaga Rinat Axmetov kompaniyasiga 267 million dollar to‘lashga majburiyatini yukladi, deb xabar berdi DTEK. Foizlar zararning to‘liq miqdori to‘lanmaguncha hisoblanishi davom etadi. 

Foto: AP

Haagadagi Xalqaro arbitraj sudi ukrainalik milliarder Rinat Axmetovga tegishli DTEK energetika kompaniyasining anneksiya qilingan Qrimdagi aktivlarini musodara qilish bo‘yicha Rossiyaga qarshi da’vosini to‘liq qanoatlantirdi. Kompaniyaning 2 noyabr kuni xabar berishicha, arbitraj Rossiyaga DTEK foydasiga 267 million dollar miqdoridagi zararni, jumladan, foizlar va hukm chiqarilgan kundagi sud xarajatlarini to‘lashni buyurgan. Foizlar zararning to‘liq miqdori to‘lanmaguncha hisoblanishi davom etadi

«Bugungi qaror Rossiyani Qrimdagi Ukraina sarmoyalarini ekspropriatsiya qilgani uchun javobgarlikka tortishning yana bir muhim bosqichidir», dedi DTEKni sudda himoya qilgan Covington & Burling LLP advokatlik idorasi hamkori Marni Chik. 

DTEK Rossiya aktivlari joylashgan davlatlar hududida sud qarorini tan olish va uni ijro etishga ruxsat berish jarayonini zudlik bilan boshlashni rejalashtirayotganini aytdi. 

Qrim anneksiya qilinishidan oldin DTEK ushbu yarimoroldagi «DTEK Krymenergo» energiya taqsimlash va ta’minot kompaniyasiga egalik qilgan. «DTEK Krymenergo»ning Rossiyaga da’vosi bo‘yicha sud jarayoni 2017 yildan beri davom etayotgandi. 

2023 yil aprelida Haaga Doimiy arbitraj sudi qoshidagi Arbitraj tribunali Rossiyaga 2014 yilda Qrimning qo‘shib olinishi natijasida milliy kompaniya ko‘rgan zararlari uchun Ukrainaning «Naftogaz»iga 5 milliard dollar to‘lashga majburiyatini yukladi.

Mavzuga oid