Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mehnat migrantlari pul o‘tkazmalari uchun 30 foizlik komissiya belgilash taklifi bildirildi
Rossiyalik politolog migrantlarning Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul o‘tkazmalaridan 30 foizlik komissiya undirishni, shuningdek, bank kartalaridan foydalanganlik uchun haqni oshirish va naqd ko‘rinishdagi pul olib chiqish limitini kamaytirishni migrantlar muammosiga yechim sifatida taklif qilgan.
Rossiyada xorijiy migrantlar haddan tashqari ko‘pligi muammosini Markaziy Osiyo respublikalariga pul o‘tkazmalari uchun majburiy 30 foizlik komissiya joriy etish orqali hal qilish mumkin, degan «360» nashri bilan suhbatda politolog Aleksey Yaroshenko. Uning fikricha, bu chora RFga mehnat migratsiyasining jozibadorligini kamaytiradi va shu bilan birgalikda rossiyaliklarning turmush darajasini oshiradi.
«Agar Rossiya banki mijozi o‘z uyiga pul jo‘natsa, u pul o‘tkazmasining maqsadlaridan qat’iy nazar summaning 30 foizini to‘lashi kerak. Bank bu pullarni maxsus federal byuljyet jamg‘armasiga o‘tkazadi, bu chora pullar Rossiyada qolishini ta’minlaydi», — deya taklif bildirgan tahlilchi.
U ayrim hisob-kitoblar Markaziy Osiyodan kelganlar har yili o‘z vatanlariga bir necha milliardlab rubl miqdoridagi pullarni yuborishini ko‘rsatishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu pullar shunchaki mamlakatdan olib chiqib ketilmoqda.
Yaroshenko migrantlar muammosini hal qilishning yana bir iqtisodiy chorasi sifatida Rossiya banklarida Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston fuqarolarining bank kartalariga xizmat ko‘rsatish uchun haqni oshirishni ham taklif qilgan. Shuningdek, u naqd ko‘rinishdagi pul olib chiqish limitini kamaytirish lozimligini ta’kidlagan.
Bundan oldinroq, Rossiyada chet ellik ishchilar uchun patent qiymati bo‘yicha qat’iy belgilangan avans miqdorini to‘rt barobar oshirish taklif etilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:12 / 26.05.2025
1 sentabrdan Moskva va Moskva viloyatidagi migrantlar geolokatsiya bo‘yicha kuzatib boriladi
09:39 / 25.05.2025
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
22:47 / 20.05.2025
Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming chet ellik Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda - Bastrikin
22:06 / 20.05.2025