Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya barcha qochqinlarga, jumladan ukrainaliklarga ham to‘lovlarni qisqartiradi
Rasmiylar migrantlar uchun Germaniya ijtimoiy himoya tizimi jozibadorligini pasaytirmoqchi.
Germaniya hukumati uzoq davom etgan tortishuvlardan so‘ng, qochqinlarni joylashtirish va saqlash xarajatlarini taqsimlashning yangi tartibini kelishib oldi. Unga ko‘ra, qochqinlarning uchun imtiyozlar kamayadi. Bu haqda DW xabar berdi.
Qayd qilinishicha, boshpana izlovchilar Germaniyada 36 oy yashaganidan keyin imtiyozlarga ega bo‘ladi. Avval bu muddat 18 oyga teng edi. Shu bilan birga, oilasiz qochqinlar uchun beriladigan nafaqa miqdori oyiga 92 yevroga tushiriladi, bepul tibbiy xizmatlar hajmi ham qisqaradi.
Alohida toifadagi ukrainalik qochqinlar va Germaniya himoyasi ostidagi boshqa migrantlar agar 36 oydan keyin ham mahalliy hokimiyat tomonidan taqdim etilgan yotoqxonalarda yashasa, oziq-ovqat uchun pulni faqat «kerakli miqdorda» oladi.
Umuman olganda, federal hukumat har bir qochqinni qo‘llab-quvvatlash uchun yiliga 7500 yevro sarflashni rejalashtirmoqda. Gap yotoqxonalar, oziq-ovqat va qochqinlarni qabul qilish va joylashtirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar haqida ketmoqda.
Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner so‘zlariga ko‘ra, bu qisqartirishlar nafaqat federal va mahalliy hokimiyatlar uchun mablag‘ni tejaydi, balki migrantlar uchun «Germaniyaning ijtimoiy davlat sifatidagi jozibasini pasaytiradi».
Mavzuga oid
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
10:44 / 14.05.2025