Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mehnat migrantlarining patenti bilan bog‘liq yangilik joriy etildi
2024 yildan boshlab mehnat migrantlari patent olgani to‘g‘risida IVV hududiy organini xabardor qilishi shart.
Rossiyada patent olgan xorij davlati fuqarolari 2024 yil 7 yanvardan boshlab davlat xizmatlari portali orqali o‘z mehnat faoliyati to‘g‘risida politsiyaga xabar berishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Rossiya IIV matbuot xizmatiga tayanib Interfax ma’lum qildi.
«Qonunchilikdagi o‘zgarishlarga ko‘ra, 2024 yil 7 yanvardan chet el fuqarolari patent berilgan kundan boshlab 2 oy ichida Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organini mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risida xabardor qilishi shart. Bunday bildirishnoma nafaqat qog‘ozda (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki pochta orqali jo‘natish), balki Yagona davlat va kommunal xizmatlar portalidan foydalangan holda elektron hujjat ko‘rinishida ham taqdim etilishi mumkin», deyiladi xabarda.
Ichki ishlar vazirligining tushuntirishicha, davlat xizmatlari orqali ariza topshirishda chet elliklar militsiya bo‘limiga shaxsan murojaat qilishi shart emas.
Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda, chet el fuqarosiga berilgan patent bekor qilinadi, deb eslatdi vazirlik.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025