Donetsk markaziga zarba va Rabotineda tashlab ketilgan pozitsiya. Urush suratlari
Ukrainada urushning 622-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Donetsk markazi o‘qqa tutilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lib, 11 kishi yaralangan, deb xabar qildi «DXR» rahbari Denis Pushilin. Manbalarga ko‘ra, shaharga HIMARS orqali zarba yo‘llangan.
- OAV ma’lumotiga ko‘ra, Yevrokomissiya 8 noyabr kuni Ukrainaning YeIga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qiladi.
- Rossiya Rossiya Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomadan chiqdi, bu AQSh ham ushbu shartnomani tark etishi, NATO mamlakatlari esa o‘z ishtirokini to‘xtatishi ortidan ro‘y berdi.
- Rossiya qo‘shini Kriviy Rih yaqinidagi infratuzilmalar obektiga zarba yo‘lladi, oqibatlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
- Zalujniyaning yordamchisi Gennadiy Chastyakov o‘z tug‘ilgan kunida sovg‘a qilingan granata portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Ukraina IIV baxtsiz hodisa ro‘y berganini ma’lum qilgan.
- Rossiya mudofaa vazirligi Qrim va Qora dengiz ustida 17 ta uchuvchisiz uchish qurilmalari urib tushirilgani haqida xabar berdi. Dronlar parchalari tushishi oqibatida bir kishi jarohat olgan.
- Zelenskiy «hozir saylov o‘tkazish vaqti emasligi»ni ma’lum qildi. Rejaga ko‘ra, Oliy Rada uchun saylovlar 31 oktyabr kuni o‘tishi kerak edi, navbatdagi prezidentlik saylovlari muddati esa keyingi yilning mart oyi oxirgi kuni.
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
7 noyabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Donetsk shahrini o‘qqa tutdi, deb xabar bergan «DXR»ning Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Denis Pushilin. Zarbalar oqibatida fuqarolik infratuzilmasining to‘rtta obektiga zarar yetgan. «Raketa to‘g‘ridan to‘g‘ri mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmasi binosiga urilgan», — degan Pushilin. U Budennov rayoni o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi yaralanib, to‘qqizta ko‘p kvartirali turar joy binosi hamda bitta tibbiyot muassasasi shikastlanganini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi orqali berilgan.
Anneksiya qilingan Donetsk shahri rahbari Aleksey Kulemzin 8 noyabr tongidagi ma’lumotlarga ko‘ra, shahar o‘qqa tutilishi oqibatida besh kishi halok bo‘lib, 18 kishi jarohatlanganini aytgan.
Ukraina QK jangchilari qaytarib olingan «Iks» pozitsiyada — Zaporijjya oblasti Rabotino qishlog‘i yaqinidagi strategik tepalik
Kiyevdagi askar
Mavzuga oid
17:32
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
16:11
Frontdagi vaziyat: RF qurolli kuchlari kutilmaganda Ukrainaning yana bir «qal’asi» shturmini boshladi
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024