HAMAS G‘azo shimolida nazoratni yo‘qotdi - Isroil armiyasi
Isroil armiyasi HAMAS harakati G‘azo shimolida nazoratni yo‘qotgani haqida xabar berdi.
Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) matbuot kotibi, brigada generali Daniel Hagariy so‘zlariga ko‘ra, Falastinning HAMAS harakati G‘azo shimolidagi nazoratni qo‘ldan boy bergan. Bu haqda RIA Novosti yozdi.
«Bugun biz 50 mingga yaqin g‘azolik G‘azo sektorining shimolidan janubga ko‘chib o‘tganini ko‘rdik. Ular (shimolni) tark etmoqda, chunki ular HAMAS G‘azo shimolida nazoratni yo‘qotganini tushundi», dedi u.
Hagariyning ta’kidlashicha, ular oziq-ovqat, suv va zarur dori-darmonlarni topish mumkin bo‘lgan xavfsizroq hudud borligini bilishadi.
TsAHAL har kuni G‘azo aholisini bombalar ostida qolmaslik uchun shimoldan janubga, Misr chegarasiga yaqin joylarga ko‘chishga chaqirmoqda. So‘nggi kunlarda «Salohiddin yo‘li» orqali evakuatsiya yo‘lagi tashkil etilgan.
Mavzuga oid
09:56
TSAHAL: «Hizbulloh» Isroilga 250 ga yaqin raketa uchirdi
09:17 / 24.11.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
10:30 / 23.11.2024