Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azo sektorida to‘rt soatlik otashkesimlarga rozi bo‘ldi – AQSh
Gumanitar tanaffuslar har kuni 4 soat davom etishi, tinch aholining janubga ko‘chib o‘tishiga imkon berilishi aytilmoqda.
Isroil G‘azo sektorining shimolidan janubigacha ikkita gumanitar yo‘lak ochishga, shuningdek, harbiy amaliyotlarda har kuni to‘rt soatlik tanaffus qilishga rozi bo‘ldi, bu esa tinch aholining janubga ko‘chishiga imkon beradi. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bitta gumanitar yo‘lak allaqachon ochilgan, ikkinchisi qirg‘oq yo‘lida bo‘ladi. Gumanitar tanaffuslar 9 noyabrdan boshlanadi.
«Biz buni muhim qadam deb hisoblaymiz. Va biz uning qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom etishini istaymiz», dedi Kirbi.
Shuningdek, u bir kun avval G‘azo sektoriga 126 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami yetkazilganini, biroq ularning sonini kuniga 150 taga yetkazish kerakligini ta’kidladi.
Avvalroq, Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoriga yordam yetkazish uchun o‘t ochishni to‘xtatishga emas, balki faqat qisqa gumanitar tanaffuslarga rozi bo‘lganini bildirgan edi. Isroil harbiylari, shuningdek, G‘azo fuqarolari uchun anklav janubiga vaqtincha xavfsizroq hududlarga ko‘chib o‘tishi va u yerda gumanitar yordam olishi uchun yo‘lak ochishini aytdi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025