Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuzatuvchilar: Ukraina texnikani Dniproning chap qirg‘og‘iga o‘tkazishni boshladi
Ukraina Qurolli kuchlari Dniproning Xerson yaqinidagi chap qirg‘og‘iga shaxsiy tarkib va texnikani o‘tkazishni faollashtirdi, deya xabar bermoqda tahlilchilar va rossiyalik harbiy blogerlar. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, u yerga 300 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar yo‘l olgan.
Ukraina qo‘shinlari Xerson viloyatidagi Dniproning egallab olingan chap qirg‘og‘ida o‘z mavjudligini kengaytirdi, deb xabar qilmoqda OSINT-tahlilchilar va rossiyalik harbiy blogerlar. Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilgandan so‘ng, Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) 8 noyabr, chorshanba kuni yozishicha, bu Rossiyaning kuchli sa’y-harakatlari Ukraina Qurolli kuchlariga qo‘shimcha harbiylar (taxminan bir batalyon, 300 dan ortiq askar) va texnikani janubiy qirg‘oqqa o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaganidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, ISW tahlilchilari ta’kidlashicha, ular Dniproning «sharqiy qirg‘og‘ida davom etayotgan Ukraina faolligining istiqbollari» haqida prognoz berishdan tiyilyapti.
Bir kun oldin OSINT-tahlilchi Astraia Intel X mikrobloglar xizmatida Krinki qishlog‘i hududida Ukrainaning HMMWV zirhli mashinasi yonayotgani aks etgan videolavhalarni e’lon qildi. Avvalgi kunlarda, 6 va 7 noyabrda bir qator rossiyalik harbiy blogerlar Ukraina zirhli transportyorini suzuvchi transporter (Ps) yordamida chap qirg‘oqqa o‘tkazishga urinishlar haqida yozgan edi. Ukraina tomoni bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Conflict Intelligence Team asoschisi Ruslan Leviyev Ukrainadagi jangovar harakatlarning borishi haqidagi navbatdagi hisobotida ushbu xabarlarga e’tibor qaratdi. Ayni paytda u Ukraina Qurolli kuchlarining bunday ko‘priklar orqali keng ko‘lamli hujumni rivojlantirish va Xerson viloyati janubiga o‘tish qobiliyatiga shubha bilan qarayapti. Buning uchun, Leviyevga ko‘ra, «normal holatda ishlaydigan ta’minot» zarur, uni «xoh qandaydir ko‘prik yoki suzuvchi qurilmalar» bo‘lmasin, jiddiyroq logistika vositalarisiz ta’minlab bo‘lmaydi. «Albatta, bu holatda, aftidan, bir marta zirhli texnikani o‘tkazish muvaffaqiyatli bo‘lgan, ammo bu keng ko‘lamli hujum operatsiyasi uchun normal ta’minotni taqdim eta olmaydi», dedi harbiy ekspert.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025