Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Toshkentda muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston va Ozarboyjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishidan mamnunligini bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi.
O‘zbekiston-Ozarboyjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Muntazam o‘tkazib kelinayotgan oliy darajadagi muloqotlarda erishilgan kelishuvlarning natijalari qayd etildi.
Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoatida, energetika tarmog‘ida, qishloq xo‘jaligi, logistika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston va Ozarboyjon rahbarlari amaliy hamkorlik dastur va loyihalarini ilgari surish borasida birgalikdagi ishlarni jadal davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
14:37 / 13.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
21:54 / 15.10.2024
Bokuda Qorabog‘ni qayta tiklashga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma ochildi
18:55 / 30.08.2024
“Armaniston tinchlikdan manfaatdor emas va ataylab vaqtni cho‘zmoqda” - Ilhom Aliyev
13:05 / 25.08.2024