Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Madinaga uchishi kerak bo‘lgan ayrim reyslar bekor qilindi
Panorama Airways Toshkent - Madina - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ayrim parvozlarni bekor qildi.
Panorama Airways aviakompaniyasi Toshkent — Madina — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bir nechta reyslarni vaqtincha bekor qildi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, 2023 yil 9 noyabrdagi 5P-361/362 va 5P-363/364 reyslari bekor qilingan.
Ayni damda mahalliy aviatashuvchining 5P-363 reysini amalga oshirayotgan samolyot texnik sabablarga ko‘ra Madina aeroportida turibdi. Toshkentdan parvoz avvaliga kechiktirilgan, biroq ertalabdan u aviakompaniya tomonidan rasman bekor qilingan.
Xabarda aytilishicha, ushbu reysning 246 nafar yo‘lovchisi Toshkent aeroportida 12 soat kutishdan so‘ng Panorama Airways vakillari tomonidan mehmonxonalarga joylashtirilgan.
Ushbu reyslarning jo‘nab ketishi haqida ma’lumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
08:30 / 10.02.2025
Madina – Namangan samolyoti Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘l oldi
20:42 / 18.01.2025
Farg‘onadan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan reys kechiktirildi
09:40 / 18.01.2025