Jahon | 14:45 / 09.11.2023
16106
7 daqiqa o‘qiladi

Yaqin Sharqdagi urushning bir oyi. G‘azo, G‘arbiy sohil va Livan chegarasidan suratlar

Yaqin Sharqda boshlangan yangi urush bir oydirki davom etmoqda. Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli amaliyot olib bormoqda, shuningdek Iordan daryosining g‘arbiy sohilida reydlar o‘tkazilmoqda. Isroilning shimoliy chegaralarida TsAHAL «Hizbulloh» bilan zarbalar almashinuvini amalga oshirmoqda — ushbu harakat rahbari Hasan Nasrulloh 3 noyabr kuni guruh 7 oktyabr kuniyoq Isroilga qarshi «ikkinchi front»ni ochganini aytgandi. Quyida bir oylik urushning so‘nggi kunlarida olingan  fotosuratlar keltiriladi.

Livan va Isroil shimoli 

Isroilning Livan bilan chegara hududidagi Kiryat-Shmona shahrida o‘rnatilgan vaqtincha to‘siq, 2023 yil 29 oktyabr
Amir Levy / Getty Images
Xavfsizlik xizmati xodimlari Isroilning Livan bilan chegaradagi Kiryat-Shmona shahrida raketa zarbasi oqibatida shikastlangan avtomobilni ko‘zdan kechirmoqda. Isroillik shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra, o‘qqa tutish oqibatida ikki kishi yaralangan. Zarba uchun javobgarlikni HAMASning Livandagi bo‘limi o‘z zimmasiga olgan. 2023 yil 3 noyabr
Jalaa Marey / AFP / Scanpix / LETA
Isroil artilleriyasining Jo‘lan tepaliklaridagi o‘quv mashg‘uloti. 2023 yil 2 noyabr
Ayal Margolin / EPA / Scanpix / LETA
Ayta ash Shab posyolkasi o‘qqa tutilishi oqibatlari, 2023 yil 4 noyabr
Hussein Malla / AP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar isroilliklarning 5 noyabr kungi zarbasi oqibatida portlab ketgan avtomobil qoldiqlarini ko‘zdan kechirmoqda. Livan davlat agentligi ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil ichidagi to‘rt kishi halok bo‘lgan — ular Rossiya fuqaroligiga ham ega livanlik jurnalist Samir Abdul-Husaynning oila a’zolari bo‘lgan. TsAHALdagilar Livan janubida «„Hizbulloh“ga aloqador nishonlarga, jumladan transport vositalariga zarba berilgani»ni tasdiqlagan, ammo tinch aholi vakillari o‘limi yuzasidan izoh bermagan. 2023 yil 6 noyabr
AFP / Scanpix / LETA
Livanda «Hizbulloh» a’zosining dafn marosimi, 2023 yil 6 noyabr
Bruno Thevenin / SIPA / Scanpix / LETA
Amerikaning «Jyerald Ford» va «Duayt Eyzenhauer» aviatashuvchilari kemalar flotiliyasi hamrohligida O‘rta Yer dengizining sharqiy qismida. AQShdagilar Isroil sohillari yaqinida dengiz guruhi kuchaytirilishidan maqsad «Hizbulloh» va Eronni mojaroga aralashishdan tiyish ekanini bildirgan. 2023 yil 3 noyabr
Jacob Mattingly / U.S. Navy / Planet Pix / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Quddus va Iordan daryosining g‘arbiy sohili 

G‘arbiy sohilda Falastin shahri (quyida) va ko‘chib kelgan isroilliklar posyolkasi (yuqorida)
Dan Kitwood / Getty Images
Isroil kuchishlatar tuzilmasi xodimlari Sharqiy Quddusda, Al-Aqso masjidi yaqinida falastinlikni qo‘lga olmoqda. G‘azo sektorida urush boshlanganidan keyin Isroil falastinliklarning juma namozini o‘qish uchun Al-Aqsoga kelishini cheklab qo‘ydi: bu yerga faqat 50 yoshdan katta erkaklar kirishi mumkin. 2023 yil 3 noyabr
saeedqaq / imago images / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi vakili Ahmad Xarosheshning Isroil armiyasi tomonidan vayron qilingan kvartirasi xarobalarini ko‘zdan kechirmoqda. Isroil tomoniga ko‘ra, Xaroshesh 2023 yil mayida yahudiylar posyolkasida ikki kishi o‘ldirilishiga aloqador hisoblanadi. 2023 yil 3 noyabr
Mohammed Nasser / APA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
TsAHAL kuchlarining Jyenindagi qochqinlar lageriga reydi vaqtida shikastlangan turar joyini ko‘zdan kechirayotgan kishi, 2023 yil 5 noyabr
Raneen Sawafta / Reuters / Scanpix / LETA
Isroillik harbiylarning Tulkarm shahridagi qochqinlar lageriga uyushtirgan reydi vaqtida halok bo‘lgan to‘rt nafar falastinlikning dafn marosimi. TsAHALdagilar o‘nlab qurolli hujumlarda ishtirok etgan to‘rt terrorchi o‘ldirilganini ma’lum qilgan. Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil va HAMAS urushi boshlanganidan buyon G‘arbiy sohildagi reydlar davomida 150 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. 2023 yil 7 noyabr
Zain Jaafar / AFP / Scanpix / LETA
Falastinlik Ramalloh yaqinida g‘ildirak yoqmoqda, 2023 yil 3 noyabr
Issam Rimawi / Anadolu / ddp / Vida Press

G‘azo sektori

 

TsAHALning signal raketalari G‘azo sektori ustida, 2023 yil 5 noyabr
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Isroillik harbiy G‘azo sektori hududida. Foto: TsAHAL
Isroillik harbiy xizmatchi «Al-Quds brigadasi» jangchilari raketa uchirish uchun foydalangan qurilma yonida, 2023 yil 6 noyabr
TsAXAL / AFP / Scanpix / LETA
Foto: TsAHAL
Isroil harbiylarining G‘azo sektori hududidagi lageri. Foto: TsAHAL
Amir Cohen / Reuters / Scanpix / LETA
Isroillik harbiylar mamlakatning G‘azo sektori bilan chegaradosh janubiy qismida, 2023 yil 6 noyabr
Abir Sultan / EPA / Scanpix / LETA
Falastinlik qutqaruvchilar Xon Yunus shahri bo‘ylab aviazarbadan keyin omon qolganlarni qidirmoqda. 2023 yil 6 noyabr
Mohammed Dahman / AP / Scanpix / LETA
Isroillik harbiylar tomonidan vayron qilingan bino vayronalari ostida odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin. G‘azo sektorining markaziy qismi, 2023 yil 6 noyabr
Yasser Qudih / AFP / Scanpix / LETA
TsAHAL kuchlarining G‘azodagi hospital oldidagi tez yordam mashinasiga zarbasi oqibatlari. HAMAS nazorati ostidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu zarba oqibatida 15 kishshi halok bo‘lib, 50 ga yaqin kishi jarohat olgan. Isroil armiyasi zarba faktini tasdiqlagan va uning oqibatida bir necha terrorchi o‘ldirilganini ma’lum qilgan. TsAHALga ko‘ra, guruh tez yordam mashinalaridan jangarilari va qurollarini tashishda foydalanmoqda. 2023 yil 3 noyabr
Ali Jadallah / Anadolu / ddp / Vida Press
Hatem Moussa / AP / Scanpix / LETA
G‘azo shahrida vayron bo‘lgan binolar, 2023 yil 5 noyabr
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Xon Yunus shahri bo‘ylab aviazarba oqibatlari, 2023 yil 4 noyabr
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
G‘azodagi qurollangan guruhlar tomonidan Isroil bo‘ylab uchirilgan raketalar, 2023 yil 7 noyabr
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid