Jahon | 22:53 / 10.11.2023
10564
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil va HAMAS garovdagi ayollar va bolalarni almashtirishga kelishib oldi - OAV 

Ikki tomon 100 nafar ayol va bolani almashtirishi mumkin. Xabar hali rasman tasdiqlanmadi. 

10 noyabr kuni Isroil tomonidan ushlab turilayotgan 100 nafar falastinlik ayol va o‘smirni HAMAS tomonidan garovda ushlab turilayotgan 100 nafar isroillik ayol va bolaga almashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, so‘nggi haftalarda Qatar vositachi sifatida muhim rol o‘ynagan muzokaralar davomida bir nechta almashinuv takliflari paydo bo‘lgan. Natijada, bir yoki ikki kunlik otashkesim evaziga garovga olingan 10-15 kishini ozod qilish taklifi ham berilgan. Ammo Binyamin Netanyahu ma’muriyati HAMAS garovga olinganlarni ozod qilmagunicha, sulh bo‘lmasligini ta’kidlamoqda. 

Almashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi rasmiy ma’lumot hali tasdiqlanmadi. 

Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, HAMAS tomonidan 240 nafar kishi garovda ushlab turilibdi.

Mavzuga oid