Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya aviakompaniyalari An-24 va An-26 samolyotlarining xizmat muddatini uzaytirishni so‘radi
Soha vakillarining ta’kidlashicha, hozirda 50 yillik An-24 va An-26 samolyotlarining o‘rnini bosadigan hech narsa yo‘q.
Rossiya aviakompaniyalari vakillari tegishli idoralardan o‘rtacha yoshi 50 yil bo‘lgan An-24 va An-26 samolyotlarining xizmat muddatini uzaytirishni so‘radi. Bu haqda 8 noyabr, chorshanba kuni «Interfaks» agentligi xabar berdi.
«Angara» aviakompaniyasi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Sergey Zorinning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada 150 ga yaqin mahalliy mintaqaviy samolyotlar mavjud. «Ulardan 95-98 tasi An-24 va An-26 bo‘lib, ishlab chiqarilgan sanasi - 1962 yil, o‘rtacha yoshi - 50 yil. Fuqaro aviatsiyasi davlat ilmiy-tadqiqot instituti hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, ushbu samolyotlarning to‘rtdan bir qismi 2030 yilgacha foydalanishdan chiqariladi, bizning fikrimizcha, bu parkni to‘xtatish ancha oldinroq, ya’ni 2028 yildan boshlanadi», dedi Zorin 8 noyabr kuni Federatsiya kengashida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida.
«Angara» aviakompaniyasi vakili An-24 va An-26 samolyotlari xizmat muddati tezroq tugatayotganining sabablari orasida chet el laynerlaridan rossiyaliklarga tashuvlarni qayta taqsimlash, ularni kapital ta’mirlashning foydasizligi, shuningdek, ushbu samolyotlarning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun Ukraina ishlab chiqarish byulletenlariga «ulanishning iloji yo‘qligi»ni aytib o‘tdi.
Eski samolyotlarni almashtiradigan hech narsa yo‘q
Shu bilan birga, Zorin hali An-24 va An-26 o‘rnini bosadigan hech narsa yo‘qligini ta’kidladi. TVRS-44 ularning potensial vorisi bo‘lishi mumkin, ammo ishlab chiqaruvchi birinchi 10 ta bunday samolyotni faqat 2027 yilda yetkazib berishga tayyor. «Angara» bosh direktori o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, narxi 2 milliard rublni tashkil etadigan TVRS-44 qiymati alohida masala. «Bu qisqa va o‘rta masofaga uchuvchi reaktiv samolyotlarning narxi bilan teng, ular sig‘imi 3-4 baravar katta», dedi Zorin.
O‘z navbatida, «IrAero» bosh direktori o‘rinbosari Sergey Krupnov g‘arb sanksiyalaridan oldin PowerJet Rossiya-Fransiya kompaniyasi ishlab chiqarish va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirgan Sam146 samolyot dvigatellarining mahalliy analogi yo‘qligi sababli Sukhoi Superjet samolyotlari mavjud parki parvozlari to‘xtatilishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlari boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi RFga samolyotlar va ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va sug‘urta qilishni to‘xtatdi. Qo‘shma Shtatlar aviatsiya sanoati tovarlari eksportini ham cheklab qo‘ydi hamda «Aeroflot» laynerlari va Rossiyaning boshqa aviakompaniyalariga nisbatan sanksiyalar kiritdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025