Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya vakili birinchi marta BMT sudiga saylanmadi
1946 yildan beri birinchi marta Rossiya vakili BMT Xalqaro sudi sudyalari tarkibiga kiritilmadi.
2015 yildan beri Haagadagi Xalqaro sud sudyasi bo‘lgan Rossiya vakili Kirill Gevorgyan ikkinchi muddatga qayta saylanmadi. 10 noyabr, payshanba kuni BMT Bosh assambleyasida bo‘lib o‘tgan ovoz berish chog‘ida u assambleyaning 117 nafar a’zosi qo‘llab-quvvatlagan Ruminiya vakili Bogdan-Luchian Aureskuga yutqazdi.
Sovet ittifoqi va Rossiya sudyalari 1946 yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining sud tizimida ishlab kelgan. Shu tariqa, birinchi marta BMT Xalqaro sudida Rossiya vakili bo‘lmaydi.
Aureskudan tashqari yana uch yangi sudya BMT Xalqaro sudiga saylandi - Sara Xall Klivlend (AQSh), Xuan Verdusko (Meksika) va Dire Tladi (Janubiy Afrika), shuningdek, amaldagi sudya, Avstraliya vakili Xilari Charlzuort qayta saylandi.
BMT Xalqaro sudi 15 sudyadan iborat bo‘lib, ularning vakolat muddati - to‘qqiz yil. Shu bilan birga, bo‘sh qolgan besh o‘rin uchun har uch yilda bir marta saylovlar o‘tkaziladi. Ketma-ket bir necha muddat ishlash uchun hech qanday taqiq yo‘q.
BMT Xalqaro sudida Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’volari
Haagadagi BMT Xalqaro sudi Ukrainaning Rossiyaga qarshi ikkita da’vosini ko‘rib chiqmoqda. Birinchisi, 2014 yilda Ukraina sharqidagi rossiyaparast ayirmachilarning harakatlari va anneksiya qilingan Qrimdagi «hokimiyatlar» bilan bog‘liq. 34 davlat ishtirok etayotgan ikkinchi jarayon Rossiyaning Donbassda genotsid haqidagi da’volari bilan bog‘liq. Kiyevning ta’kidlashicha, Rossiya Genotsidning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyani suiiste’mol qilib, undan Ukrainaga qarshi urushni oqlash uchun foydalanmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025