Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serjio Mattarellaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi
Italiya prezidentining mamlakatga rasmiy tashrifining asosiy voqealari boshlanmoqda.

Bugun, 10 noyabr kuni Italiya prezidenti Serjio Mattarella va uning farzandi Laura Mattarella O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Yangi O‘zbekiston bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.


Oliy martabali mehmonlar majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
Vatan qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kunga qadar, 3 ming yillik davr ichida yuz bergan eng muhim voqealarni o‘zida mujassam etgan ushbu majmua Italiya delegatsiyasi a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

Mattarella Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, Turin politexnika universitetiga boradi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025