Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA YeIdan Rossiyaga tovarlarning reeksportini cheklamoqchi
Abu-Dabi ikki maqsadli tovarlar eksporti va reeksportini ziddiyatli hududlarga cheklamoqda, deb yozadi Bloomberg. BAA, Turkiya va Markaziy Osiyoning qator davlatlari Rossiyaning sanksiyalarni chetlab o‘tish yo‘nalishlari qatoriga kirishi aytilgan.
Birlashgan Arab Amirliklari Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan tovarlarni reeksport qilishni cheklamoqchi. Bu haqda 9 noyabr kuni vaziyat bilan tanish bo‘lgan ismi oshkor etilmagan suhbatdoshlariga tayanib, Bloomberg agentligi xabar berdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Abu-Dabi rasmiysi BAA ikki maqsadli tovarlar eksporti va reeksportini ziddiyatli hududlarga cheklashini aytgan.
Bloomberg suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Turkiya ham xuddi shunday chora ko‘rmoqda. Turkiya Savdo vazirligi va Yevropa komissiyasi vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi. Turkiya, BAA va bir qator Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish yo‘li sifatida foydalanadigan davlatlar qatoriga kirishi aytilgan.
Yevropa Ittifoqi so‘nggi oylarda o‘z sanksiyalariga rioya qilish masalasidan xavotirda. Bryussel Kremlning Moskva tomonidan Ukrainaga qarshi urushdagi qurollarda qo‘llangan texnologiyalar va komponentlardan foydalanish imkoniyatiga alohida e’tibor qaratmoqda, deb ta’kidlaydi Bloomberg. Bir necha kun avval Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Rossiya Federatsiyasiga qarshi 12-sanksiya paketi tayyorlanayotganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025