Jahon | 15:09 / 12.11.2023
21014
7 daqiqa o‘qiladi

Kiyevga yana raketa zarbasi va Ryazandagi temiryo‘lda portlash. Urush suratlari

Ukrainada urushning 626-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Xerson ozod etilganiga bir yil to‘lgani munosabati bilan videomurojaat yo‘lladi. «Rossiya buni qancha takrorlamasin, hech qachon butunlayga kelmaydi», — deya qayd etdi Ukraina prezidenti.
  • Rossiya armiyasi Kiyev bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Mahalliy rasmiylar va Ukraina QK raketa shaharga kiraverishda urib tushirilganini ma’lum qilgan.
  • Bundan tashqari, RF harbiylari Ukraina hududi bo‘ylab 31 ta kamikadze-dronlarni uchirgan. Ukraina qurolli kuchlari 19 ta dron urib tushirilganini bildirgan.
  • Ryazan oblastida «begona shaxslar ta’sirida» yuk poyezdining 19 vagoni relsdan chiqib ketdi. Tergov qo‘mitasi terakt haqida jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Kun kadri. Ryazan oblastida temiryo‘lda avariya 

11 noyabr tongida Ryazan oblastidagi «Ribnoye – Blokpost 204-km» peregonida (ikki qo‘shni stansiya orasidagi masofa) qo‘lbola portlovchi qurilma ishga tushgan va yuk poyezdining 19 vagoni relsdan chiqib ketgan. Moskva temiryo‘llari (MJD) ma’lumotiga ko‘ra, mashinist yordamchisi yengil tan jarohati olgan. Hodisa temiryo‘l transporti faoliyatiga «begona shaxslar aralashuvi» tufayli ro‘y bergani, bu poyezdlar harakatiga ta’sir ko‘rsatmagani qo‘shimcha qilingan.

Ribnoye — Blokpost 204 km peregonida temiryo‘l avariyasi oqibatlarini bartaraf etayotgan ishchilar
Foto: Rossiya temiryo‘llari

Kiyev o‘qqa tutilishi

Rossiya qo‘shini 11 noyabr tongida Kiyev bo‘ylab zarbalar yo‘lladi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari shahar ustiga kelayotgan raketani urib tushirgan, ammo Kiyev oblasti hududida ikki raketa aholi yashash manzillari o‘rtasidagi hududga tushib, bir necha turar joyni shikastlagan. Qurbonlar va yaralanganlar yo‘q.

Bu qariyb ikki oylik tanaffusdan keyin Ukraina poytaxtiga ilk bor raketa uchib kelishi bo‘ldi.

Volodimir Zelenskiy bu hujumni Xerson ozod etilganining bir yilligiga bog‘ladi. «Rossiya Xerson va ozod etilgan boshqa shaharlarimiz uchun yil davomida qasos oldi: har kuni o‘qqa tutdi, bombalar, artilleriya, raketalar bilan. Faqat kechagi kunning o‘zidan [10 noyabr] bugun tonggacha [11 noyabr] qariyb 40 dron va raketalar, Kiyevga qarshi ballistika, Odessa va Xarkiv oblastlariga qarshi dronlar va raketalar. Dushman ongli ravishda mazax qilmoqda», — deya qayd etgan prezident o‘z murojaatida.

Kiyev uzra Rossiya raketasi izi
Anna Voitenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevliklar havo trevogasi chog‘ida metroga yashirindi
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev metrosida yashiringan aholi vakillari. Foto: Reuters

Xerson ozod bo‘lganining bir yilligi

Bir yil oldin, 2022 yil 11 noyabr kuni ukrain qo‘shini Xersonga kirgandi — shahar sakkiz oydan ortiq vaqt mobaynida okkupatsiyada yashagandi. Quyida xersonliklar o‘z shahri ozod bo‘lganining bir yilligini qanday kutib olgani aks etgan suratlar.

Xerson aholisi shaharning asosiy maydoniga gullar ko‘tarib keldi
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Xerson oblastida, Dnipro bo‘yidagi pozitsiyada qorovullik qilmoqda (bu aynan qayerligi — aniq emas)
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Obodonlashtirish xizmati xodimlari Xerson ko‘chalarini to‘kilgan barglardan tozalamoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Binoni raketa zarbalaridan himoyalash uchun qum to‘ldirilgan qoplardan o‘rnatilgan to‘siq
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Xersonlik kishi Dnipro bo‘ylab qayiqda suzmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Anadolu / ddp / Vida Press
Futbol o‘ynayotgan bolalar
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Xersondagi ko‘p qavatli uylardan biridagi banner
Viacheslav Ratynskyi / Anadolu / ddp / Vida Press

Ukrainlarning Baxmut atrofidagi pozitsiyasi 

Ukraina qurolli kuchlari harbiysi Baxmut yaqinidagi buzilib ketgan yo‘l bo‘ylab harakatlanmoqda. Ukraina QKga ko‘ra, Rossiya qo‘shini bu yo‘nalishda «faol mudofaalanish»ga o‘tdi va «ukrain pozitsiyalari bo‘ylab artilleriyani faol qo‘llamoqda»
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukraina QK 56-brigadasi jangchilari avtomatik S-60 zenit zambaragidan o‘t ochmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukraina QK 56-brigadasi jangchilari jangovar topshiriq paytida
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Baxmut yaqinidagi o‘rmonzorda zarbaga uchragan avtomobil
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Ukraina va Slovakiya chegarasidagi furalar

Ukraina va Slovakiya chegarasidagi «Vishne-Nemetske» nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalarining 16 kilometrlik navbati yuzaga kelgan. Yo‘l harakati bilan bog‘liq muammolar Polsha va Ukraina chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlarini to‘sib qo‘ygan polshalik tashuvchilarning norozilik aksiyasidan keyin boshlangan: Ukraina furalari yo‘nalishni o‘zgartirishga va Yevroittifoq hududiga Slovakiya orqali borishga majbur bo‘lmoqda.

Yevroittifoq tomonidan 2022 yil bahorida Ukraina mahsulotlari importi va tranziti uchun joriy etilgan imtiyozlarga qarshi dastlab polshalik fermerlar norozilik boshlagandi: mahalliy bozor ukrainlarning arzon don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘lib ketishi oqibatida ular jiddiy zarar ko‘rmoqda. Endi chegarada polshalik yuk tashuvchilar ham norozilik bildirmoqda: TASS agentligi qayd etishicha, ular Ukrainadan tijoriy yuk tashishni majburiy litsenziyalashning oldingi tartibini tiklashni va keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin Ukraina transport kompaniyalariga berilgan ruxsatnomalarni bekor qilishni talab etmoqda.

Robert Nemeti / Anadolu / ddp / Vida Press

 

Mavzuga oid