«Real»da brazilcha karnaval, murabbiyi Mbappedan norozi. Kun o‘yinlari
Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Angliya: «Arsenal» «Tottenhem»dan o‘zib ketdi
«Vulverhempton» — «Tottenhem» 2:1
Gollar: Sarabiya (90+1), Lemina (90+7) — Jonson (3).
«Vulverhempton» – Sa, Semedu (Doerti, 67), Douson, Kilmen, Gomesh, Ait-Nuri (Doyl, 87), Lemina, Bellgard (Kalayjich, 73), Gomes (Sarabiya, 87), Hvang Hi Chan, Kunya.
«Tottenhem» – Vikario, Porro, Dayyer, Devis, Emerson, Hyoyberg, Bissuma (Lo Chelso, 76), Sarr (Bentankur, 63), Kulusevski, Son, Jonson (Hil, 75).
Ogohlantirishlar: Emerson (45), Bissuma (45), Bentankur (89), Douson (90+5), Doerti (90+6).
«Tottenhem»ning eng yaxshi damlari ortda qolmoqda. O‘tgan turda «Chelsi»ga qarshi 9 kishi bo‘lib yakunlangan o‘yinda qayd etilgan 1:4 hisobi jamoani sindirib qo‘ydi. «Shporlar» o‘sha o‘yinda ozchilik bo‘lib qolishiga qaramay hujum qilishda davom etgan va javob goli ham urishgan (kichik ofsayd tufayli bekor qilindi), lekin yakunda so‘nggi daqiqalarda qarshi hujumlardan ikki gol o‘tkazib yuborgandi. Shu bilan birga, ko‘klar Angelos Posteko‘g‘li jamoasi himoyasidagi sehrni bekor qilishdi. «Vulverhempton» bilan o‘yinda ham bu jamoa 90-daqiqagacha normal o‘ynadi, bir oylik davolanishdan qaytgan Jonsonning goli g‘alaba keltirishi muqarrardek ko‘rinayotgandi.
Ammo shanba kuniga qadar barcha gollari Pedru Netu yoki Hvang Hi Chhang ishtirokida urilgan «bo‘rilar»da yangi qahramon paydo bo‘ldi. Pablo Sarabiya 87-daqiqada maydonga tushdi va o‘ziga berilgan vaqt ichida ham gol urdi, ham ikki himoyachi orasidan o‘tkazilgan nozik uzatma bilan Leminning g‘alaba goliga hammualliflik qildi. «Tottenhem» «Arsenal»ni ikkinchi o‘ringa o‘tkazib yubordi, yakshanba kungi o‘yinda «Liverpul» muvaffaqiyatga erishgudek bo‘lsa, uchinchi o‘rinni ham boy berishi mumkin.
«Arsenal» — «Byornli» 3:1
Gollar: Trossar (45+1), Saliba (57), Zinchenko (74) — Braunhill (54).
«Arsenal» – Rayya, Tomiyasu, Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jorjinio, Rays, Haverts (Viyeyra, 59), Trossar (Nketia, 81), Martinelli (Kivior, 90), Saka (Nelson, 81).
«Byornli» – Trafford, O`Shi, Bayyer, Teylor, Gudmundsson, Vitinio (Odober, 88), Braunhill (Obafemi, 85), Berge, Rodriges, Amduni (Remzi, 80), Koliosho (Bruun Larsen, 80).
Ogohlantirish: Gudmundsson (90+3).
Chetlatish: Viyeyra (83).
Maydonga tushmasdanoq prinsipial raqibini ortda qoldirgan «Arsenal» o‘z o‘yinini namoyish etdi — jamoa o‘ttiz yildan buyon chempionshipdan chiqqan jamoaga o‘z uyida yutqazmagan (+33=5). Hisobni ochgan Trossar esa, unga bu mavsumda faqat Saka assistentlik qilmoqda (6 gol), «kanonirlar»ning «Emireyts»dagi 1000-goli muallifi sifatida tarixga kirdi. Ammo asosiysi, belgiyalik futbolchi ikki markaziy hujumchi — Gabriel Jyezus va Nketia yo‘qligida ularning o‘rnini bilintirmayapti. Mehmonlar ikkinchi bo‘limda himoyadagi xatodan foydalanib hisobni tenglashtirgan bo‘lsa-da, zum o‘tmay Saliba ikkinchi golni urdi. Endi fransuz himoyachisi uch gol bilan chempionatda faqat «Brentford» vakili Pinnokdan ortda qolmoqda. Mezbonlarning o‘yinga uzil-kesil nuqta qo‘ygan uchinchi goli ham himoyachi tomonidan urildi, Zinchenko jarima maydoni ichida karatecha uslubda zarba yo‘lladi.
«Manchester Yunayted» — «Luton» 1:0
Gol: Lindelyof (59).
«Manchester Yunayted» – Onana, Dalot, Maguayr, Lindelyof, Regilon (Varan, 79), Eriksen (Maunt, 40), Fernandesh, Maktominey, Garnacho (Antoni, 68), Reshford, Hoylund (Marsiyal, 79).
«Luton» – Kaminski, Kabore (Adebayo, 87), Loker, Osho, Menji, Dauti (Klark, 73), Taunsend (Chong, 61), Barkli, Nakamba (Raddok-Mpanzu, 86), Ogbene (Jaylz, 86), Morris.
Ogohlantirish: Kabore (74).
Erik ten Hagning iste’fosi haqida gaplar boshlanishi bilan «MYu» yana jonlana boshlaydi va natijaga erishadi. O‘tgan turda Brunu Fernandesh «Fulhem»ga qarshi o‘yin oxirida g‘alaba golini urgandi, bir hafta muqaddam sensatsiya ko‘rsatib «Liverpul»dan ochko olgan «Luton»ga qarshi o‘yinda esa barchasini Lindelyof hal qildi. Shved himoyachisi «qizil iblislar» bosh murabbiyi sifatida APLda 50-o‘yinini o‘tkazgan niderlandiyalik mutaxassisning yubiley g‘alabasini ta’minladi.
«Bornmut» — «Nyukasl» 2:0
Gollar: Solanke (60, 73).
«Bornmut» – Neto, Aarons (Smit, 68), Senesi, Zabarniy, Kelli, Kristi, Kuk, Taverniye (Rotuell, 90), Klyuyvert (Sinisterra, 68), Solanke, Semeno (Uattara, 81).
«Nyukasl» – Poup, Trippiyer, Sher, Lassels, Holl (Livramento, 46), Longstaff, Uillok (Kraft, 90), Mayli (Parkinson, 66), Almiron (Ritchi, 31), Joelinton, Gordon.
Ogohlantirishlar: Kuk (57), Lassels (85), Senesi (86).
Ikki frontda kurash olib borishda qiynalayotgan «Nyukasl» yana YeChL o‘yinidan keyin ochko yo‘qotdi. Bungacha bunday holat «PSJ» bilan g‘alabali o‘yindan keyin «Vest Hem» (2:2) va «Borussiya» bilan uydagi birinchi o‘yindan keyin «Vulverhempton» (2:2) bilan o‘yinlarda kuzatilgandi. Endi esa kutilmaganda liga autsayderlaridan biri «Bornmut» Eddi Hau jamoasi darvozasiga ikki javobsiz gol yo‘lladi. Stadiondagi muxlislar esa futbolchilarni tanqid qilishdi va jamoa yetakchilaridan biri Kiran Trippiyer ulardan birining oldiga borib, baland ohangda gaplashdi va muvaffaqiyatsizlik sabablarini keltirdi. «Ey! Sen bilasanmi, bizda qancha odam jarohat olgan», deya takrorladi angliyalik futbolchi norozi fanatga qarata. U haq edi. «Nyukasl»ning jarohatlangan futbolchilari ro‘yxati: Anderson, Barns, Isak, Uilson, Myorfi, Bern, Targett va Botman. «Bornmut» bilan o‘yinning birinchi bo‘limida Almiron ham majburan almashtirildi. Bu o‘yinda Gimaraysh ham sariq kartochkalar soni ko‘payib ketgani tufayli o‘ynay olmadi. Tonali esa mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilingan.
Ispaniya: «Jirona» to‘xtamayapti
«Rayo Valekano» — «Jirona» 1:2
Gollar: Garsiya (5) — Dovbik (42), Savio (65).
«Rayo Valekano» – Dimitriyevski, Ratsiu (De Frutos, 78), Lejyen, Mumin, Espino, Palason, Garsiya (Bebe, 78), Unai Lopes (Kike Peres, 67), Oskar Valentin, Trexo (Nteka, 59), Kamelo (Falkao, 67).
«Jirona» – Gassaniga, Martines, Blind, Erik Garsiya, Migel Guterres, Portu, Fernandes, Aleish Garsiya, Errera, Martin, Tsigankov (Yan Kouto, 78), Savio, Dovbik (Stuani, 78).
Ogohlantirishlar: Guterres (14), Garsiya (44), Martin (73).
«Jirona» irodali g‘alabaga erishib, turnir jadvali peshqadamligini saqlab qoldi. Barchasi qanday yakunlanishidan qat’i nazar, ushbu jamoa mavsumning asosiy kashfiyotlaridan biri bo‘ladi. O‘n uch turdan keyin 11 g‘alaba — grossmeysterlarga xos daraja. «Real» yetti bor mavsumni shunday boshlay olgan. «Barselona»da olti va «Atletiko»da ikkita shunday mavsum bor. «Jirona» — ispan grandlaridan keyin to‘rtinchi bo‘ldi. Bunga omad yordamisiz erishish qiyin, «Rayo» maydonida ham hisob 1:1 holatida kataloniyaliklarni ikki bor darvoza ustuni va to‘sini goldan saqladi.
«Real» — «Valensiya» 5:1
Gollar: Karvaxal (3), Vinisius (42, 49), Rodrigo (50, 84) — Duro (89).
«Real» – Lunin, Karvaxal (Pas, 82), Alaba, Nacho, Mendi (Garsiya, 71), Valverde (Modrich, 60), Dias (Vaskes, 71), Kroos, Kamavinga, Vinisius (Hoselu, 82), Rodrigo.
«Valensiya» – Mamardashvili, Terri Korreyya (Fulke, 55), Gabriel Paulista, Moskera, Gayya (Gasorovski, 55), Kanos (Gilyamon, 64), Pepelu (Yaremchuk, 70), Fransisko Peres (Ugo Gonsales, 70), Gerra, Duro, Diyego Lopes.
Ogohlantirishlar: Pepelu (34), Fulke (56), Kamavinga (62), Paulista (67).
So‘nggi besh yildagi eng yaxshi startini qayd etgan «Valensiya»ga «Santiyago Bernabeu»da rahm qilib o‘tirishmadi, «ko‘rshapalaklar» bu yerda o‘n besh yildan buyon g‘alaba qozona olmagan. Bu safar ham mehmonlarni hech qanday yaxshilik kutmayotgani ilk daqiqalardanoq ayon bo‘lib ulgurdi, Karvahal uzoq masofadan chap oyoqda yo‘llagan zarbasi bilan Mamardashvilini dog‘da qoldirdi, Kroosning jarima zarbasi esa to‘singa tegdi. Mehmonlar esa vaziyatlardan foydalanishda katta muammolar kuzatildi. Bu ayniqsa Ugo Duroga taalluqli, u hisob 1:0 ekanida Lunin bilan yakkama-yakka vaziyatni boy berdi. Forvard darvozabon hududida turib to‘pni bosh bilan darvoza to‘riga joylay olmaganidan keyin uyushtirilgan hujumda esa Vinisius Junior aniq harakat qildi.
Bu brazillar benefisining boshlanishi bo‘lib chiqdi va gollar tanaffusdan keyin ham davom etdi. «Valensiya» darvozaboni va himoyachilarining ikki xatosi — Vini va Rodrigoning ikki goliga sabab bo‘ldi, Rodrigo o‘zining gollaridan oldin vatandoshiga ikki bor golli uzatma berdi. Duro esa baribir to‘pni raqib darvozasiga yo‘llashni uddaladi — lekin bu Rodrigoning ikkinchi golidan keyin, hisob 5:0 ekanida sodir bo‘ldi. Madrid Jud Bellinghem maydonga tushmagan o‘yinda ham haqiqiy karnaval guvohiga aylandi. Raqib esa ushbu stadionda 1989 yildan keyingi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
Italiya: «Yuventus» «Milan»dan ilgarilab ketdi
«Lechche» — «Milan» 2:2
Gollar: Sansone (66), Banda (70) — Jiru (28), Reynders (35).
«Lechche» – Falkone, Jandre, Baskirotto, Pongrachich, Dorgu, Ramadani, Rafya (Gonsales, 57), Kaba (Blen, 63), Banda (Venuti, 87), Strefetssa (Sansone, 63), Krstovich (Pikkoli, 63).
«Milan» – Menyan, Kalabriya (Musa, 46), Tomori, Tiav, Ernandes, Krunich, Pobega (Florensi, 71), Reynders, Leau (Okafor, 10), Chukvueze (Yovich, 79), Jiru.
Ogohlantirishlar: Ernandes (44), Ramadani (45), Strefetssa (62), Musa (80), Kalabriya (81), Pikkoli (85), Florensi (90), Gonsales (90+2), Jiru (90+3).
Chetlatish: Jiru (90+3).
Hafta o‘rtasida «Milan» Chempionlar ligasida «PSJ»ni mag‘lub etgan holda muxlislariga bayram tuhfa etgandi. Ammo uik-endda yana A seriyaga qaytishga to‘g‘ri keldi, bu yerda esa Stefano Pioli jamoasi 7 oktyabrdan buyon g‘alaba qozonmagan. Hatto sentabr oyi o‘rtalaridan buyon g‘alaba neligini bilmagan «Lechche»ni mag‘lub etishning imkoni topilmadi. Lekin bu o‘yinni rossonerilar yaxshi boshlagandi. Ko‘p va chiroyli hujumlar uyushtirildi, birinchi bo‘limda ikki gol urildi, tanaffusdan keyin esa barchasi o‘zgarib ketdi. «Milan» safar o‘yinlarida hisobda oldinda bora turib to‘rt ochko yo‘qotdi. Bu ko‘p emasdek ko‘rinishi mumkin, ammo bu oldingi uch mavsumdagidan ikki barobar ko‘p. Boshqa tomondan, barchasi bundan ham yomonroq tugashi mumkin edi, chunki qo‘shimcha daqiqalarda Menyan uzoqdan yo‘llangan zarbani o‘tkazib yubordi. Darvozabonni sharmandalikdan faqat VAR qutqardi, monitorga borgan bosh hakam hujum vaqtida fol qayd etdi. Ammo sariq kartochkadan keyin hakamga norozilik bildirgan Jiruni ikkinchi sariq kartochkadan hech kim qutqara olmadi.
«Yuventus» — «Kalyari» 2:1
Gollar: Bremer (60), Rugani (70) — Dossena (75).
«Yuventus» – Shchensni, Kambiyazo (Nikolussi-Kavilya, 88), Rugani, Bremer, Gatti, Kostich, Lokatelli, Makkenni, Miretti (Ayling, 66), Kiyeza (Milik, 81), Ken (Vlahovich, 66).
«Kalyari» – Skuffet, Dzappa, Goldaniga, Dossena, Aujyello, Viola (Oristanio, 67), Yankto (Pavoletti, 88), Makumbu, Prati, Luvumbu (Shomurodov, 71), Petanya (Lapadula, 46).
Ogohlantirishlar: Makkenni (57), Luvumbu (70), Kostich (82), Kambiyazo (87).
«Yuventus» esa milanliklarni olti ochkoga ortda qoldirib ketdi va kamida «Inter»ning yakshanba kungi o‘yini yakunigacha turnir jadvalini boshqaradi. Ikki standart va himoyachilardan ikki gol — barchasi Massimiliano Allegri uslubida amalga oshirildi. Murabbiyning tanqidchilari byankonerilarning ayrim g‘alabalarini Ruganining ikkinchi urinishda darvoza chizig‘i ustida qorin bilan urgan goliga solishtirishi ham mumkin. Yagona minus esa — 23 sentabrdan buyon olti o‘yin mobaynida darvozasidan gol o‘tkazmagan Shchensnining seriyasi to‘xtashi bo‘ldi. Lekin himoyachilar o‘z xatosini gollar bilan yopishdi va bu «Keksa siniora» uchun norma. Bu mavsumda turinliklar mudofaasining besh vakili gol urgan. Bu top-5 ligalarda eng yaxshi ko‘rsatkich va xalqaro o‘yinlar munosabati bilan yuzaga keladigan tanaffusdan keyin kechadigan o‘yinda «Inter» uchun asosiy tahdid manbayi.
Germaniya: Keyn va Girassi yangi tarix yozishmoqda
«Bavariya» — «Haydenhaym» 4:2
Gollar: Keyn (14, 44), Gerreyru (72), Shupo-Moting (85) — Klyayndinst (67), Beste (69).
«Bavariya» – Noyyer, Mazraui, Upamekano (Gerreyru, 61), Kim Min Je, Sarr, Pavlovich (Devis, 75), Laymer, Myuller (Tel, 61), Sane, Keyn, Gnabri (Shupo-Moting, 61).
«Haydenhaym» – Myuller, Traore, Maynka, Gimber (Shimmer, 83), Ferenbax, Toyyerkauf (Bek, 61), Melouni (Zessa, 61), Beste (Tomalla, 90), Sheppner, Dinkchi (Pik, 83), Klyayndinst.
O‘tgan mavsum boshlanishi arafasida bundesliga Levandovski qiyofasidagi gol mashinasini yo‘qotgandi. Natijada — mavsumning eng yaxshi to‘purarlari kamtarona natijalar qayd etishdi. Nkunku va Fyullkrug 16 tadan gol urgandi. Ya’ni ularning ikkisi birgalikda polyak futbolchisining Ispaniyaga ketishdan oldingi so‘nggi mavsumida urganidan (35 gol) kamroq gol urishgan. Endi budesligada Keyn hukmronlik qilmoqda, u oldingi mavsum to‘purarlari natijasini 11 tur ichida ortda qoldirdi!
Harri yana bir imkoniyatidan foydalanganida — bu uning qatorasiga uchinchi het-trigi bo‘lgan bo‘lardi. Uning jamoadoshlari ham ko‘plab vaziyatlarni yo‘qqa chiqardi va «Haydenhaym» o‘yinga qayta oldi. Shu darajadaki, uch daqiqa ichida ikki gol farqini yo‘qqa chiqardi. Shundan keyin ikkinchi plandagi aktyorlar o‘zini ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi — o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatgan Shupo-Moting va Rafael Gerreyra, portugaliyalik himoyachi kamerunlik futbolchining hujumidan keyin qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llab, uchinchi golni urgandi. Ular tufayli «Bavariya» kamida «Bayyer»ning o‘yini yakunigacha birinchi o‘ringa chiqdi va rekord grafikda ketmoqda. Bungacha hech qaysi jamoa 11 turda 42 gol urmagan.
«Shtutgart» — «Borussiya» D 2:1
Gollar: Undav (42), Girassi (83, penalti) — Fyullkrug (36).
Aniq ijro etilmagan penalti: Fyurix (11).
«Shtutgart» – Nyubel, Anton, Zagadu, Ito, Mittelshtedt (Stergiu, 88), Karazor, Shtiller, Fyurix (Vagnoman, 66), Miyo (Chon Vu Yon, 88), Leveling (Girassi, 67), Undav (Mvumpa, 77).
«Borussiya» D – Kobel, Zyule, Hummels (Bensebayni, 28), Shlotterbek, Ryuerson, Zabitser, O‘zjan, Nmecha (Reyna, 63), Brandt (Malen, 46), Adeyyemi (Roys, 46), Fyullkrug (Mukoko, 77).
«Shtutgart» ikki mag‘lubiyatdan keyin irodali g‘alabaga erishib, uchinchi o‘rin uchun bahsda ustun keldi. Buning uchun esa jamoaning eng yaxshi to‘purari Girassi qaytishi yetarli bo‘ldi, ikki hafta davomida jarohatini tuzatgan futbolchi to‘purarlar poygasida Keynni ancha oldinga o‘tkazib yuborgan. Ha, gvineyalik hujumchi penaltidan gol urdi. Ammo, birinchidan, uning chempionatdagi 15-goli g‘alaba keltirdi. Ikkinchidan, o‘yin oxirida Seru asablari mustahkam ekanini namoyish etdi. Fyurih esa hisob 0:0 ekanida Kobel bilan duelda yutqazib, 11 metrdan aniq zarba bera olmagandi. Nihoyat, Girassi tarixiy yutuq hammuallifiga aylandi. Bundesligada bungacha 11 turdan keyin birdaniga ikki futbolchi o‘z hisobiga kamida 15 gol yozib qo‘yishi kuzatilmagan. Keyn va Girassining natijasini esa chempionatda faqat ikki futbolchi uddalagan — 1968 va 2019 yillarda mos ravishda Gerd Myuller va Levandovski.
Fransiya: Ibrahimovichdan yuqorida
«Reyms» — «PSJ» 0:3
Gollar: Mbappe (3, 59, 82).
«Reyms» – Diuf, Foke (Hadra, 70), Abdulhamid, Okumu, Agbadu, de Smet (Uilson-Esbrand, 75), Matusiva, Richardson (Diakite, 70), Munetsi, Ito, Darami (Diakon, 83).
«PSJ» – Donnarumma, Markinos, Shkrinyar, Mukiyele, Ruis, Zair-Emeri, Soler (Ernandes, 81), Li Kan In (Ndur, 77), Dembele (Barkolya, 74), Mbappe, Gonsalu Ramush (Vitinya, 46).
Ogohlantirish: Abdulhamid (51).
«PSJ» juma kuni «Nitssa» va «Monpele» durang o‘ynaganidan foydalanib, birinchi o‘ringa chiqib oldi. Mantiqan — bu mavzu Mbappening het-trigi bilan bir qatorda bo‘lishi kerak edi. Bu chempionatda fransuz futbolchilari tomonidan 600-bor bir o‘yinda uch gol urilishi b o‘ldi. Qolaversa, Mbappening faoliyatidagi o‘n oltinchisi. Uning het-triklarining teng yarmi Fransiya chempionatiga to‘g‘ri keladi va bu XXI asrdagi eng yaxshi natija. U Ibrahimovichning natijasini yaxshiladi.
Shunga qaramay, final hushtagidan so‘ng parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike shunday dedi: «Bugun men Mbappedan u qadar mamnun emasman. Gollar o‘z yo‘liga, ammo u jamoaga ko‘proq, turli yo‘llar bilan yordam berishga qodir. U jahon darajasidagi futbolchi va biz undan ko‘proq narsa kutamiz. Men buni Kilian bilan shaxsan gaplashib olaman». Taxmin qilish mumkinki, Enrikeda boshqa futbolchilarga ham savollar mavjud, chunki 3:0 — aldamchi natija. «Reyms» keragidan ko‘proq vaziyatlar yaratdi, ammo ulardan foydalanishda oqsadi, o‘yin davomida Donnarummaning seyvlari statistikasi ancha yaxshilanib qoldi.
Kun statistikasi
- «Portu» rekordchisi Diogu Koshta 6 ta penaltini qaytardi.
- «Monsa» yarimhimoyachisi Kolpani bu mavsumda 6 gol urdi. U — A seriyadagi eng sermahsul italiyalik va top-5 ligalarda o‘rta chiziq vakillari orasida ko‘p gol urish bo‘yicha Bellinghemdan keyingi ikkinchi futbolchi.
- «Everton» APL o‘yinlarida 13 bor 1-daqiqadayoq gol urdi va bu borada yetakchilikni mustahkamladi.
- «Bavariya» darvozaboni Noyyer bundesligada 36-raqib ustidan g‘alabaga erishdi. Bu Lotar Matteus va Miroslav Votavaga tegishli bo‘lib turgan turnir rekordi takrorlanishidir.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
15:52 / 10.11.2024
«Arsenal»da ham inqiroz. Buning sabablari nimada?
11:13 / 10.11.2024
«Siti» inqirozda, «Liverpul» oldinlab ketdi. Kun o‘yinlari
10:01 / 10.11.2024