Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron tashqi ishlar vaziri bo‘ldi
Mamlakat hukumatidagi yuqori lavozimlarda tayinlovlar amalga oshirildi.

Foto: Reuters
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Britaniya hukumati xabar berdi. Sobiq tashqi ishlar vaziri Jyeyms Kleverli ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.
Britaniya hukumatidagi kadrlar o‘zgarishi Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari Suella Braverman ishdan bo‘shatilishi ortidan yuz berdi. U The Times gazetasida shov-shuvli maqola yozdi, jumladan, Falastin tarafdorlari namoyishida politsiyaning harakatlarini tanqid qildi.
Devid Kemeron 2010-2016 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan. Uning rahbarligida mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqida muhokama boshlandi, yakunda Buyuk Britaniya aholisi Brexit uchun ovoz berdi. Shu bilan birga, Kemeronning o‘zi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidagi a’zoligini saqlab qolish tarafdori bo‘lgan va referendumning ertasigayoq iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Tereza Mey egalladi.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

08:59 / 15.04.2025
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

17:40 / 14.04.2025
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi

18:55 / 13.04.2025