Isroil G‘azo shimolida HAMAS tugatilganini e’lon qildi
HAMAS endi G‘azo shimolidagi uyushgan harbiy kuch emasligi aytilmoqda.
Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektori shimolida uyushgan harbiy tuzilma sifatida amalda o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) matbuot xizmati e’lon qildi.
Hisobotda qayd etilishicha, mamlakat harbiylari Falastin anklavining shimolidagi HAMAS nishonlariga faol hujum qilgan. Bundan tashqari, 13 noyabr kuni Isroil askarlari ushbu tashkilotning batalyonlariga qarshi bir nechta janglarda qatnashgan. Ulardan ikkitasi jiddiy yo‘qotishlarga uchragani, qo‘mondonlar, 200 nafarga yaqin jangchi yo‘q qilingani aytilmoqda.
«Ushbu batalyonlarning operativ jangovar qobiliyati jiddiy ravishda buzilgan va amalda G‘azo sektorining shimoliy qismidagi HAMAS harbiy tuzilmalari uyushgan holda qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatdi», deyiladi bayonotda.
Isroil mudofaa kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, mojaro avj olgandan so‘ng Falastin anklavida 30 ming hamaschi bo‘lgan, Ular beshta hududiy brigada, 24 ta alohida batalyon va 140 ta rotaga bo‘lingan. Har bir brigadada tankka qarshi qurollar va snayperlik qurollari bo‘lgan. Bundan tashqari, falastinlik jangchilar turli muhandislik resurslariga ega edi.
Mavzuga oid
09:56
TSAHAL: «Hizbulloh» Isroilga 250 ga yaqin raketa uchirdi
09:17 / 24.11.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
10:30 / 23.11.2024