Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda fuqaro 21 tup qayrag‘ochni kesib tashladi
Holat bo‘yicha chora ko‘rilib, yetkazilgan zarar 180 mln 840 ming so‘m hisoblangan.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida fuqaro 21 tup qayrag‘och daraxtini noqonuniy kesib tashlagani aniqlangan. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydoni atrofida o‘sib turgan 21 tup qayrag‘och daraxtini hech qanday ruxsatnomalarsiz kesib tashlagan.
Aniqlangan holat yuzasidan tabiatga 180 mln 840 ming so‘m zarar yetkazilgani hisoblangan. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
18:36 / 18.09.2024
“Hammadan bir xil undiriladi” - Kitobda yoshlar yetakchilarining maoshi paxta terimi uchun ushlab qolinmoqda
17:41 / 29.07.2024
Sirdaryoda 21 tup qayrag‘ochni kesgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
12:25 / 14.02.2024
Jizzaxda 42 tup qayrag‘ochni kesgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
10:27 / 27.11.2023