Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UNFF O‘zbekistonda «Yashil makon» loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashadi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov BMT bosh kotibi yordamchisi, tashkilotning o‘rmonlar va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha forumi (UNFF) kotibiyati direktori Juliyette Biao bilan uchrashdi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda UNFF bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda o‘rmonzorlashtirish ishlariga ilmiy yondashuvni rivojlantirish, "aqlli" qishloq xo‘jaligini tatbiq etish hamda o‘rmonlarni barqaror boshqarishda BMTning o‘rmonlar va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha forumi ko‘magini jalb qilishga kelishildi. "Yashil makon" loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilish, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida yuqori malakali ekspertlar ma’ruzalarini tashkil etish, o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislarning salohiyatini oshirish maqsadida trening va seminarlar o‘tkazish borasida kelishuvlarga erishildi.
Juliyetto Biao BMTning o‘rmonlar va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha forumi kotibiyati direktori tashkilot o‘rmon xo‘jaligi va bog‘dorchilik sohasini rivojlantirishga yordam berishga tayyor ekanini ta’kidladi.
UNFF BMTning o‘rmonlar va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha forumi 2000 yilda tashkilotning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi tomonidan barcha turdagi o‘rmonlarni boshqarish, saqlash va barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish hamda uzoq muddatli siyosiy majburiyatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
Mavzuga oid
21:00 / 17.05.2025
«Yangi daraxt – yangi nafas» respublika ekochempionati o‘tkaziladi
13:42 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi
19:16 / 21.10.2024
Keyingi yilda «Yashil makon» dasturi uchun 100 milliard so‘m ajratiladi
23:07 / 07.08.2024