Jahon | 16:34 / 14.11.2023
17036
6 daqiqa o‘qiladi

Ukraina uchun qiruvchilar va Liman yaqinidagi zirhli poyezd. Urush suratlari

Ukrainada urushning 628-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RIA Novosti va TASS RF mudofaa vazirligiga tayanib Dnipro daryosi bo‘yidagi Rossiya qo‘shinlari «qayta guruhlanayotgani» haqida xabar berdi, keyin esa bu xabarini o‘chirib yubordi. Mudofaa vazirligi yangilikni provokatsiya deb atagan, RIA Novosti vakili esa keyinroq ma’lumot «mudofaa vazirligining, taxminlarga ko‘ra, Ukraina hududidan turib yuritiladigan soxta akkauntidan olingani»ni bildirgan.
  • The Economist AQSh hukumati baholariga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon 70 ming ukrain jangchisi halok bo‘lib, yana 120 ming kishi yaralangani haqida xabar berdi. Jurnalistlar bu ma’lumotlar manbasini keltirmagan.
  • Xarkiv sudi mahalliy aholi vakilini umrbod qamoq jazosiga hukm etdi. U 2022 yil martida ma’muriyat binosiga zarba berilishi uchun Rossiya raketasiga nishon belgilab berishda aybdor deb topilgan (o‘sha hujum oqibatida 44 kishi halok bo‘lgandi). Ayblanuvchi aybini tan olmagan va «Ukrainada adolat yo‘qligi»ni aytgan.
  • Mash telegram-kanali ukrainlarning diversiya-razvedka guruhlari Belgorod oblastiga yorib kirgani haqida xabar tarqatdi. Region rahbari bu ma’lumotni «feyk» deb atadi.
  • Moskva munitsipal deputati, armiya to‘g‘risidagi «feyklar» bo‘yicha yetti yilga qamalgan Aleksey Gorinovga qarshi yangi ish ochildi — terrorizmni oqlash moddasi (JK 205.2-moddasi, 1-qismi) bo‘yicha — kameradoshlari bilan «Azov» batalyoni va Qrim ko‘prigidagi portlash haqidagi suhbati tufayli.

Ruminiyada F-16 pilotlarini tayyorlash markazi

Ruminiya janubi-sharqidagi Feteshti shahri yaqinidagi aviabazada NATOning Yevropadagi o‘quv markazi ochilgan. Bu yerda alyansga a’zo mamlakatlar pilotlari Niderlandiya tomonidan taqdim etilgan F-16 qiruvchi samolyotlarida uchishni o‘rganadi. Bu yerda dekabr oyida ukrainalik pilotlar ham mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Niderlandiya Ukrainaga 42 samolyot taqdim etgan: ularning barchasi ham UQK ehtiyojlari uchun emas, samolyotlarning bir qismi faqat yarim yil davom etadigan mashg‘ulotlarda foydalaniladi. Niderlandiyadan tashqari Daniya (19 ta), Norvegiya (10 tagacha) va Belgiya (aynan qanchaligi hozircha noma’lum) ham o‘z texnikalarini berishni rejalashtirgan. Ukraina dastlabki F-16 samolyotlari 2024 yilning birinchi yarmida yetib kelishini kutmoqda.

Volodimir Zelenskiy bu harbiy yordam «[Ukraina va NATO] mamlakatlari aviatsiya koalitsiyasiga muhim amaliy hissa bo‘lishi»ni ta’kidlagan.

F-16 o‘quv markazi ochilish marosimi
Robert Ghement / EPA / Scanpix / LETA
O‘quv markazining ko‘rinishi
Andrei Pungovschi / AFP / Scanpix / LETA
O‘quv markazi komandiri (xavfsizlik nuqtayi nazaridan uning shaxsi oshkor etilmagan) ochilish marosimi oldidan ilk uchuvchi-kursantlar bilan muloqot qilmoqda
Robert Ghement / EPA / Scanpix / LETA
Niderlandiyaning F-16 samolyoti o‘quv markazidagi angarda
Andrei Pungovschi / AFP / Scanpix / LETA

Rossiyaning Liman yaqinidagi zirhli poyezdi

RF QK «Yenisey» zirhli poyezdi lokomotivi Liman yo‘nalishidagi stansiyada. Shahar okkupatsiya qilingan Donetskdan taxminan yuz kilometr masofada joylashgan va Ukraina qurolli kuchlari nazoratida
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Rossiya armiyasi shaxsiy tarkib, harbiy texnika va boshqa yuklarni harbiy harakatlar hududiga yetkazishda zirhli poyezdlardan faollik bilan foydalanmoqda. Poyezdlarda o‘t ochish nuqtalari mavjud. Poyezdlar himoyasini kuchaytirish uchun bortli vagonga BMP-2 o‘rnatilgan
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA

Xarkiv yaqinidagi ukrain harbiylari 

Ukraina qurolli kuchlarining 68-alohida yeger o‘qchilar brigadasi jangchilari Xarkiv oblastidagi oldingi chiziqda. Rossiya qo‘shini ushbu regiondagi shahar va qishloqlarni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda. Ukraina chegara xizmati 11 noyabr kuni ukrain chegarachilari chegarada, «kulrang zona»da bo‘lgan Topoli qishlog‘ida ukrain bayrog‘ini ko‘targani haqida xabar berdi.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv oblastidagi pozitsiyasi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Boshpanadagi ukrainalik harbiy
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Omskda shartnoma asosida xizmat qilish reklamasi

2023 yil bahorida Omskda shartnoma asosida xizmat qiluvchilarni tayyorlovchi «Alfa» spetsnaz maktabi atrofidagi reklama shitlari. Oblast gubernatori v.b Mina Axverdiyevaning so‘zlariga ko‘ra, bu «maxsus harbiy amaliyotning bo‘lajak ishtirokchilari qaynoq nuqtalardan o‘tgan faxriylar tomonidan o‘qitiladigan» Sibirdagi yagona joy.
Aleksey Malgavko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid